Turkiya maxsus kuchlari Milliy birdamlik hukumati (MBH) a’zolarini himoya qilish uchun Tripoliga keldi, deb xabar bermoqda “Kommersant” arablarning Al-Arabiya telekanaliga tayanib. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on turk armiyasi bo‘linmalari Liviya tomon harakatlanishni boshlaganini ma’lum qilgandi.
“Turkiya maxsus kuchlari MBHdan bo‘lgan mansabdorlarni himoya qilish uchun Tripoliga keldi”, — deyiladi telekanal xabarida. Ammo maxsus kuchlarning Liviyaga yetib kelgani haqida Anqaradan rasmiy izoh hozircha yo‘q.
Qayd etilishicha, Liviyaga kelganlarning aksariyati Turkiya fuqaroligini olgan suriyaliklardir. Liviyaga yuborilgan barcha harbiylar 14 kundan 45 kungacha tayyorgarlik ko‘rgan, ularning ayrimlari Suriyadagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan. Yuborilgan jangovarlarning bir qismi, telekanalda aytilishicha, liviyalik harbiylarni o‘qitish bilan, 25 nafar turklardan iborat yana bir guruh esa razvedka va ayg‘oqchilik bilan shug‘ulladi.
Shuningdek, ta’kidlanishicha, Turkiya o‘z harbiylari Liviya hududida bo‘lgan vaqt davomida moliyaviy mukofot oladi. Uning qiymati qanchaligiga aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)