Rim papasi Fransisk 66 yoshli Di Jovannini Muqaddas taxt davlat kotibi o‘rinbosari lavozimiga tayinladi, deb xabar bermoqda Meduza. Bu tarixda birinchi marta kotibiyatda ayol kishi tayinlanishidir.
Yangi lavozimda Di Jovanni Vatikanning BMT va boshqa hukumatlararo tashkilotlar bilan munosabatlarini nazorat qiladi.
Muqaddas taxt davlat kotibiyati Vatikaning eng qadimgi va nufuzli idorasi bo‘lib, uning barcha siyosiy va diplomatik funksiyalarini boshqaradi.
Fransisk izchillik bilan Vatikanda ayollar rolini oshirib kelmoqda. Hozirgi kunda ayollar Muqaddas taxtning boshqa idoralarida bir qator muhim lavozimlarni egallagan.
Izoh (0)