Fransiyadagi Louis Vuitton modalar uyi dunyodagi ishlov berilmagan eng yirik olmosni sotib oldi, deb xabar berdi Meduza.
Ushbu xarid qiymati ochiqlanmagan. Biroq Antverpen olmos birjasi sobiq prezidenti Marsel Pruver qimmatbaho toshning taxminan 50 million dollar turishini aytgan.
Qayd etilishicha, Louis Vuitton modalar uyi olmosni maydalab undan brilliant yasaydi.
“Bizni yuqori darajadagi zargarlik buyumlariga e’tibor qaratishimizni hech kim kutmagan”, — deydi modalar uyi vakili.
1758 qirotli olmos 2019-yilda Botsvanada Kanadaning Lucara Diamond kon kompaniyasi tomonidan qazib olingan. Qimmatbaho toshga “Sevelo” deb nom berilgan. Bu so‘z “noyob topilma” deya tarjima qilinadi.
Izoh (0)