Ramzan Qodirov o‘z o‘rniga Chechenistonni vaqtinchalik boshqarib turish uchun hukumat rahbari Muslim Xuchiyevni tayinladi. Bu haqdagi qaror 2020-yil 13-yanvardan kuchga kirgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Ma’lum bo‘lishicha, Ramzan Qodirov ayni paytda davolanmoqda. Bu ma’lumotni axborot agentligiga Checheniston rahbarining matbuot kotibi Alvi Karimov tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, Muslim Xuchiyev 2019-yilning 11—16-fevral kunlari Ramzan Qodirov betobligi bois Checheniston rahbari vazifasini bajarib turgan. Ma’lumot uchun, Xuchiyev Checheniston hukumatini 2018-yildan beri boshqarib keladi.
Izoh (0)