Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida Shota Rustaveli ko‘chasidagi ko‘pqavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘inda 78 yoshli erkak halok bo‘ldi.
Toshkent shahar FVB xabariga ko‘ra, voqea 14-yanvar kuni soat 03:10 da sodir bo‘lgan. Voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi soat 03:15 da yetib borgan va yong‘in 03:33 da bartaraf etilgan.
Hodisa mast holda sigareta chekishda ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)