Moliya vazirligi va Markaziy bank 20-yanvar, dushanba kuni O‘zbekiston valyuta birjasida davlat qimmatli qog‘ozlari birlamchi joylashtirilishini ma’lum qildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot ximati xabar bermoqda.
Davlat qimmatli qog‘ozlari qisqa muddatli g‘aznachilik majburiyatlari bo‘lib, bir dona majburiyatning nominal qiymati 1 million so‘m.
Chiqarilish hajmi 300 milliard so‘m bo‘lib, muomala davri 273 kun.
So‘ndirish sanasi — 2020-yil 19-oktabr. Majburiyat bo‘yicha daromad turi diskont bo‘lib, daromadlilik sotib olish (yoki sotish) va so‘ndirish qiymatlari orasidagi farqdan iborat.
Izoh (0)