Microsoft korporatsiyasi 14-yanvardan boshlab Windows 7 operatsion tizimini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi, deb xabar beradi “Kommersant”.
Kompyuter eski operatsion tizimda ishlayveradi, biroq kompaniya dasturiy ta’minotni yangilash, shuningdek, tizim xavfsizligi bo‘yicha nosozliklarni taqdim etish kabi texnik yordamlarni ko‘rsatmaydi. Windows 7’ni Windows 10’ga bepul yangilash mumkin emas.
2019-yilda Microsoft vitse-prezidenti Nik Parker operatsion tizim qanaqa bo‘lishi kerakligi haqida aytgandi. Uning fikricha, operatsion tizim uzluksiz yangilanishi, bulutli texnologiyalardan foydalanishi, 5G tarmog‘ida ishlay olishi va sun’iy intellektni qo‘llab-quvvatlashi kerak.
Izoh (0)