Vashington Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarifga viza berishdan bosh tortdi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.
Vazir BMT Xavfsizlik kengashining 9-yanvar kuni Nyu-Yorkda o‘tkaziladigan yig‘ilishida ishtirok etmoqchi bo‘lgan.
5-yanvar kuni Eron yadroviy bitimdan chiqqanini e’lon qildi. Bu Eronning yuqori jangovar tayyorgarlikka ega bo‘lgan maxsus bo‘linmasi rahbari Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishiga javoban birinchi qadam bo‘ldi. Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya Eronning ushbu qaroriga nisbatan qo‘shma bayonot bilan chiqdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp esa Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmasligiga ishonch bildirmoqda. Shunga qaramay, Vashington Tehron bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyor.
Izoh (0)