Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Gulshanoy Qoshqarovaga nisbatan, u Andijon shahar hokimligining rasmiy Telegram kanali orqali jurnalist-bloger Xurshid Daliyevni haqorat qilib, unga nisbatan tuhmat qilgani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasi (Tuhmat, ya’ni bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish) bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan edi.
Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning “Daryo”ga xabar berishicha, 4-yanvar kuni holatiga ko‘ra Andijon shahar ma’muriy sudining ish yurituviga G. Q. ga nisbatan yuritilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish kelib tushmagan.
Izoh (0)