Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi, deb yozmoqda O‘zA.
Viloyat hokimi jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob berish asnosida viloyatda investitsiyani shakllantirish, turizmni rivojlantirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashgan.
Shuningdek, u ijtimoiy tarmoqlardagi turli shov-shuvlar, jamiyatda jurnalist va blogerlarning o‘rni haqida ham gapirgan:
“Mamlakatning taraqqiyotida ommaviy axborot vositalarining o‘rni katta. Shuning uchun ham bu kasb egalarini juda hurmat qilaman. Matbuot xolislik, haqqoniylik va to‘g‘rilikni talab qiladi. Bu mezonlarga amal qilgan jurnalistlarimiz turli uydirma va shov-shuvlarga uchmaydi. Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, hech qachon bir tomonlama manfaatlarni hisobga olmaslik kerak. To‘g‘ri, ba’zi bir tanqidiy chiqishlar kimlargadir yoqmasligi aniq. Rahbarlar jurnalist va blogerlar bilan muloqot qilishdan qochmasdan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish vaqti keldi. Ko‘plab jurnalist va blogerlar chiqishlarini muntazam kuzatib boraman. Men birorta blogerga ustunlik bermoqchi emasman. Xushnudbek Xudoyberdiyevning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarini hamisha qiziqib, kuzataman”, — deya ta’kidlagan G‘aniyev.
Avval Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati “Ozodlik” kanali tomonidan tarqatilgan “Farg‘ona hokimi blogerning ‘janozasini o‘qish’ni buyurdi” sarlavhali maqola yuzasidan bayonot bergan, “Demokratik debat” ko‘rsatuvida ishtirok etgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev esa prokuraturadan Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev bilan bog‘liq navbatdagi shov-shuvli holatga huquqiy baho berishni so‘ragandi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)