Ukraina bosh vaziri Aleksey Goncharuk Donbassni qayta integratsiya qilish ssenariysi diplomatik kelishuvdan iborat ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant.ru”.
Asosiy sifatida amalga oshiriladigan senariylardan biri 7-dekabr kuni Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi yig‘ilishida qabul qilindi.
“A rejasi ushbu mojaroni tinchlikka intilgan hamda milliy manfaatlarni himoya qilgan holda diplomatik yo‘l bilan hal etishdan iborat.
Milliy manfaatlardan, hududiy yaxlitlikdan, suverenitetdan voz kechish haqida hech qanday gap bo‘lishi mumkin emas.
Qrim va Donbass bu Ukraina hududi, u yerda ukrainlar yashamoqda. Biz esa ular uchun, ularning uyga qaytishi uchun kurashamiz”, — deydi Goncharuk.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tinchlik jarayoni tez bo‘lmaydi va unga “bosqichma-bosqich” borish kerak, shuning uchun “Norman” sammiti doirasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv “allaqachon prezident Zelenskiyning g‘alabasi”.
Izoh (0)