• Profilga Kirish
• 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

• So‘nggi yangiliklar
• Asosiy yangiliklar
• Eng ko‘p o‘qilgan
• Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
• O'zb
• Ўзб
• Рус
• Eng
• O'zb
• Ўзб
• Рус
• Eng
• So‘nggi yangiliklar
• Asosiy yangiliklar
• Eng ko‘p o‘qilgan
• Kolumnistlar
• USD12557.56
• RUB159.44
• EUR14809.13
• Google play
• App Store
• Telegram
• Toshkentda
+44°C
• Andijon
• Qarshi
• Buxoro
• Samarqand
• Farg‘ona
• Sirdaryo
• Jizzax
• Termiz
• Namangan
• Toshkent
• Navoiy
• Toshkent vil
• Nukus
• Urganch
• Daryo
• Internet-nashr
• Tahririyat haqida
• Aloqa ma'lumotlari
• Foydalanish shartlari
• Maxfiylik siyosati
• Yangiliklar arxivi
• Reklama
• Ijtimoiy tarmoqlar
• Instagram | Rasmiy
• Instagram | Lifestyle
• Instagram | Sport
• Facebook | Rasmiy
• OK | Rasmiy
• YouTube | Daryo
• YouTube | Daryo Rus tilida
• YouTube | Daryo Global
Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
Daryo logo white
• O‘zbekiston
• Boshqalar
• Navoiy
• Toshkent viloyati
• Sirdaryo
• Jizzax
• Qashqadaryo
• Surxondaryo
• Xorazm
• Buxoro
• Samarqand
• Namangan
• Farg‘ona
• Andijon
• Qoraqalpog‘iston
• Toshkent sh.
• Mehridaryo
• Ob-havo
• Markaziy Osiyo
• O‘zbekiston (Mahalliy)
• Afg'oniston
• Qirg‘iziston
• Qozog‘iston
• Turkmaniston
• Tojikiston
• Dunyo
• Pul
• Biznes
• Iqtisodiyot
• Moliya
• Kripto
• Madaniyat
• Kino
• Kitob
• Musiqa
• Shou-biznes
• Layfstayl
• Ayollar sahifasi
• Farzand
• Go‘zallik
• Karyera
• Maslahatlar
• Moda
• Retseptlar
• Texnologiyalar
• Arxitektura
• Gadjetlar
• Ilm-fan
• Koinot
• Media
• Avto
• Qo‘ziqorin
• Sayohat
• Salomatlik
• Ta’lim
• Abituriyent
• Ingliz tilini o’rganamiz
• Sport
• Futbol
• UFC
• Boks
infinix
Daryo.uz - Login
Daryo.uz Daryo.uz
Daryo.uz - Login

Tarixdagi eng sirli o‘limlardan biri. Janob Bergmanning so‘nggi kunlari haqida fotogalereya

2009-yilning 16-iyunida Irlandiyaning Slaygo grafligida yashovchi Artur Slaygo Rosses-Poynt qishlog‘i yaqinidagi sohilga o‘g‘li bilan yugurishga kelgan vaqtida suv to‘lqinlari qirg‘oqqa olib chiqib tashlagan erkak jasadini ko‘rib qoladi. Keyinchalik erkakning Piter Bergmann ekani aniqlangan, biroq uning nima sababdan vafot etgani hozirgacha internet olami foydalanuvchilarini qiziqtirib keladi. Erkakning o‘limidan avvalgi kunlari qanday o‘tganini u yurgan va yashagan joylardagi kameralar yordamida aniqlashga urinib ko‘rildi, biroq to‘plangan ma’lumotlar sirli o‘lim yuzasidan surishtiruv jarayonini yanada chigallashtirdi.

Foto: Big Picture

Sirli Piter Bergmann

2009-yil 12-iyunda Slaygo shahridagi kameralar soat 18:28 da Olsterdan avtobusda kelgan oriq kishini tasvirga tushirgan. Avtobusdan tushgan erkak yelkasiga sumka osgan va qo‘lida sport sumkasini ko‘targandi. Bergmann taksi to‘xtatib Sligo City Hotel mehmonxonasiga borgan va 65 yevro evaziga u yerdan xona ijaraaga olgan. Ro‘yxatdan o‘tgan vaqtida u o‘zini Piter Bergmann deb tanishtirgan va Venada Aynshtettern ko‘chasi 15-uyda yashashini bildirgan.

Piter Bergmann Slaygo avtovokzalida

Piter Bergmann Slaygo avtovokzalida
Foto: Big Picture

Ertasi kuni u mahalliy pochta bo‘limiga borib, u yerdan sakkizta marka va aviapochta stikerlarini xarid qilgan. 14-iyun yakshanba kuni esa Piter ko‘chada taksi to‘xtatib, cho‘milish uchun yaqin atrofdagi sohil bo‘yiga borgan. Taksichi uni Rosses-Poyntga eltib qo‘ygan. Atrof-muhitni tomosha qilgan erkak o‘sha avtomobilning o‘zida Slaygoga qaytgan.

Piter Bergmann mehmonxonada ro‘yxatdan o‘tmoqda

Piter Bergmann mehmonxonada ro‘yxatdan o‘tmoqda
Foto: Big Picture

15-iyunda Piter Bergmann soat 13:06 da qora sumka va binafsharang polietilen paketini ko‘tarib ko‘chaga chiqqan. 13:38 da Kueysayd ko‘chasidagi savdo markaziga kelib, u yerda tushlik qilgan. Tushlikdan keyin erkak cho‘ntagidan chiqqan g‘ijimlangan qog‘ozlarni o‘qib, yirtib tashlagan va ahlatga uloqtirgan. Bir soatdan keyin Piterni Rosses-poynt plyajida sayr qilayotganini ko‘rishgan.

Piter Bergmann Slaygo savdo markazining zalida

Piter Bergmann Slaygo savdo markazining zalida
Foto: Big Picture

Guvohlar erkakning suv bo‘yida qaqqayib turgani va kech tushishini poylaganini bildirgan. 16-iyun 06:45 da Artur Kinsell va uning o‘g‘li sohil bo‘yida Piter Bergmanning murdasini ko‘rgan. Irlandiya politsiyasi ishni besh oy davomida tergov qilgan va bir nechta tafsilotni o‘rgangan, ushbu ma’lumotlar ushbu holatning sirliligini yanada oshirgan.

Janob Bergmanning sirlari

Piter Bergmann atrofdagi odamlar bilan deyarli muloqot qilmagan, lekin guvohlar uning yengil nemis lahjasida gapirganini ma’lum qilgan. Erkakning yonidan hujjatlar va pullar topilmagan. Kiyimning yozuvlari va shtrix-kodlari qo‘pol ravishda qirqib olingan. Patologoanatomlar erkakning 55 – 65 yoshda bo‘lgani, unda prostataning rivojlanayotgan saratoni va suyak o‘simtasi borligini aniqlagan. Jasad tekshirilganda murdaning qiynoqqa solingani yoki qotillik tufayli o‘ldirilgani bo‘yicha alomatlar aniqlanmagan.

Piter Bergmanning saqlanib qolgan buyumlari

Piter Bergmanning saqlanib qolgan buyumlari
Foto: Big Picture

U bir necha marta yurak xurujiga uchragan va bitta buyrakli odam bo‘lgan. Piter kuchli og‘riqlar ta’sirida yurgan bo‘lsa ham hech qanday dorilarni qabul qilmagan. Barmoq izlariga qarab shaxsni aniqlashga urinishlar ham besamar ketgan. Piter Bergmann chegarada ro‘yxatdan o‘tmagan va Irlandiyaga qonuniy yo‘l bilan kelmagan, Aynshtetterndagi 15-uy o‘rnida esa hech nima yo‘q.

Piter Bergmann binafsharang paket bilan ko‘chaga chiqmoqda.

Piter Bergmann binafsharang paket bilan ko‘chaga chiqmoqda.
Foto: Big Picture

Kameralar oxirgi kunlarda uning 13 marta mehmonxonadan chiqqani va har safar binafsharang paket bilan ko‘chaga chiqib usiz ortga qaytganini ko‘rsatmoqda. Ushbu kunlar davomida Bergmanning paketni qayoqqa tashlagani kameralar nigohidan chetda qolgan. Politsiya erkakning kameralarning ojiz nuqtasini juda yaxshi bilganligini ta’kidlagan. Ish bilan shug‘ullangan Terri Makmaxon uning sobiq politsiyachi yoki harbiy bo‘lganini taxmin qilgan. Bergmann ayrim holatlarda kamera tasvirlariga tushishni istamagan bo‘lishi mumkin.

Rosses-Poynt sohili

Rosses-Poynt sohili
Foto: Big Picture

Politsiya ahlatxonalarni ham tekshirib chiqdi va ishga aloqador ashyoviy dalillar topa olmadi. Bergmanning marka sotib olganidan keyin sakkizta xatni kimga yuborgani ham noma’lumligicha qolmoqda. Inspektor Rey Malderrig ham sirli o‘lim yuzasidan fikr bildirib, ishning o‘ta chigal ekanligini qayd etgan.

Tarixda qolish

Piter Bergmanni hodisasi Reddit nashrining ko‘plab postlari va odamlarning ularga bildirgan munosabat-u taxminlari bilan tarixda qoldi. Eng ommaviy sharhlar va taxminlarda erkakning maxsus xizmat vakili, jinoyatchi yoki zamonlar osha sayohat qiluvchi olim ekani bildirilgan.

Slaygo ko‘chasida yurgan sirli Piter Bergmann

Slaygo ko‘chasida yurgan sirli Piter Bergmann
Foto: Big Picture

2013-yilda rejissor Kiran Kessidi “Piter Bergmanning oxirgi kunlari” nomli hujjatli filmni suratga oldi va unda sirli ishning barcha tafsilotlarini yoritishga harakat qildi. Ushbu filmdan keyin ijtimoiy tarmoqlar ko‘plab internet-surishtiruvlari va podkastlarga to‘lib ketdi, barchasida odamlar Piter Bergmanning kim bo‘lganligi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirardi. Hech kimga sezdirmay, tinchgina o‘lishni istagan odamning bunday shov-shuvli muhokamalarga sabab bo‘lgani g‘alati.

07.12.2019, 19:09   Izoh (0)   88077
Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

Izoh (0)

Kirish
Javob qoldiring Bekor qilish

×Lightbox Image

Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi

NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi

Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi

Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

“O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi

Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda

Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi

“AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi

Tavsiya etamiz

Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

2 iyul, 19:45

NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

26 iyun, 20:31
Audio Icon

Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

25 iyun, 23:50

“Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

25 iyun, 13:39

So‘nggi yangiliklarga o‘tish

“Liverpul” Jotaning 20-raqamini abadiy muzlatib qo‘ydi

Sport | 4 iyul, 12:46

“Rossiya Ukraina urushi maqsadlaridan chekinmaydi” — Putin

Dunyo | 4 iyul, 12:34

Instagram: Dilnoz Hakimovaning qiyofadoshi topildi, Sevara Nazarxon tabiatni asrashga chorladi, Toshkentdagi tadbirda xorijlik mashhurlar jamlandi

Madaniyat | 4 iyul, 12:28

Tailandda yangi muvaqqat bosh vazir tayinlandi

Dunyo | 4 iyul, 12:12

Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi

Reklama | 4 iyul, 12:00

Bir guruh o‘qituvchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini sudga berdi

O‘zbekiston | 4 iyul, 11:59

Mashhur meksikalik bokschi AQSHda qo‘lga olindi

Sport | 4 iyul, 11:55
Daryo About Us

“Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

© «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

Yosh bo‘yicha cheklov

Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

• Foydalanish shartlari
• Maxfiylik siyosati
• Reklama
Nimani qidiramiz?

Sign In or Register

Xush kelibsiz!

Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

Google

yoki E-Pochta orqali

Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

Roʻyxatdan oʻting

Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

Google

yoki E-Pochta orqali

Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

Matnda xato topdingizmi?

Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.