Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Toshkent viloyatidagi to‘rtta oliy o‘quv yurtining 1200 nafar talabalari o‘rtasida oilaviy hayot mavzusida so‘rovnoma o‘tkazgan, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov. Talabalarga: “Oila nima?”, “Nechta farzandingiz bo‘lishini istaysiz?”, “Qaynota va qaynona bilan birga yashashni xohlaysizmi?”, “Turmush o‘rtog‘ingiz xiyonat qilsa, kechirasizmi?” kabi bir qator savollar bilan murojaat qilingan.

So‘rovnoma ishtirok etgan yigitlarning 70 foizi ayoli xiyonat qilsa, kechirmasligini bildirgan. Respondent qizlarning 92 foizi esa orzusi — qaynona va qaynotasi bilan birga yashamaslik ekanini ma’lum qilgan. “Aksariyat respondentlar 4—5 nafargacha farzandi bo‘lishini xohlashini bildirdi”, — dedi markazning Toshkent viloyati boshqarmasi rahbari Dilorom Mahamadaliyeva.

Dilorom Mahamadaliyeva respondentlarning oilaviy holati, jinsiy tarkibi, yoshi haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek, aynan qaysi oliy ta’lim muassasalari talabalari ekanini ochiqlamagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Andijonda adliya aralashuvidan so‘ng 174 nafar tibbiyot xodimining kechiktirilgan ta’til pullari undirib berildi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi