Pokiston kichik radiusli Shahin-1 ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Pokiston qurolli kuchlari vakili, general Asif G‘afur 18-noyabrda ma’lum qildi.
“Raketa qurolli kuchlar strategik qo‘mondonligining tezkor tayyorgarligini tekshirish maqsadida sinovdan o‘tkazildi”, – deyiladi bayonotda.
Shahin-1 raketasi yer-yer sinfiga mansub, ushbu qurol 650 kilometr masofadagi nishonga har qanday jangari, jumladan, yadro zarbasini ham yo‘llash imkonini beradi.
Pokiston avgust oyida yer-yer sinfiga kiruvchi G‘aznaviy ballistik raketasini ham test qilgan. Raketa 290 kilometrgacha masofaga turli tipdagi hujum zarbasini bera oladi.
Pokistonning yaqin qo‘shnisi Hindiston 8-noyabrda Hindiston mudofaa yo‘nalishidagi izlanishlar va tadqiqotlar tashkiloti (DRDO) suv osti kemalari uchun K-4 ballistik raketalarini, 16-noyabrda esa quruqlikdagi harakatlar uchun mo‘ljallangan Agni-II ballistik raketasini sinovdan o‘tkazgan.
Izoh (0)