• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Lekin men bunday ifloslik qilmayman”. Hokimning muxbirlar bilan muloqotidan batafsil audio va stenogramma

    Joriy yilning 14-avgust kuni “Kun.uz” xodimlari Olmazor tuman hokimligi binosi hududida jurnalistik faoliyatini olib borayotganida tuman hokimining sobiq o‘rinbosari Abdurasul Vahobovning to‘sqinligiga uchragan, amaldor muxbirga hamla qilib, texnik uskunalarga shikast etkazgandi. 15-avgust kuni Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev sayt muxbirlarini shahar hokimligi binosiga taklif etgan. Shahar hokimi, muxbirlar, shahar hokimligi xodimlari ishtirokida kechgan uchrashuvda aytilgan gaplar sayt muxbiri tomonidan yozib olingan. 16-noyabr kuni internetda sayt tahririyati rahbariyati ishtirokisiz ushbu audioyozuvdan yulib olingan parchalar birlashtirilgan holda tarqalib ketdi.

    “Kun.uz” tahririyat xolislik nuqtayi nazaridan hokim bilan o‘sha uchrashuv haqida to‘liq kartina hosil bo‘lishi uchun audioyozuv nisbatan to‘liq holda keltiradi.

    Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘z so‘zini bugungi kun jurnalistlarini tanqid qilish bilan boshlagan.

    “Bizning davrimizda bitta narsaga ishonardik, hamma ergashardi, ishonardi. Bitta ish bo‘lardi, yo‘l qurilgan, Farg‘ona kanali qurilgan, katta-katta ishlar bo‘lgan. Majburiy mehnat, hashar. Bu qadriyatimizku bizning. Ota-onamizga xizmatniyam ertaga majburiyat deydi bular.

    Qadriyatni yo‘qotdikku. Qadriyatni yo‘qotdikku? Ota-onamizga xizmatniyam ertaga majburiyat deydi. Qani endi hashar? Qani? Itam dumi bilan tozalab o‘tiradi eshigini tegini. Endi ko‘chasi tugul, uyining oldini tozalata olmayapmizku bolam?

    Qadriyatimizni yo‘qotdikku! Kim qildi buni? Siz qildingiz. U erga borib mikrofon tutadi, majburiy mehnat deb, bu maktabga boradi...

    O‘zimizning maktabimizda qorni o‘zimiz kurardikku, partani kraskalardik, eshikni kraskalardik, qabristonni tozalardik. Qani bular? Kim qildi buni? O‘zimizning ichimizdagi o‘zbek, itning bollari qildi. Qadriyatni bilmagan.

    Ertaga, aytyapmanku, xuddi Amerikaga o‘xshab, Angliyaga o‘xshab “dada, meni urishmang, haqqingiz yo‘q” deydi. Qiladi shu ketishda bo‘lsa...

    Dinda yozib qo‘yilgan, birovning qayg‘usining ustidan pul ishlash, foyda topish haqida nima deyilgan... Mana, siz bilasiz, to‘g‘rimi, bu ma’naviyat...

    Yo‘q bu narsa yo‘q. Xudo ko‘rsatmasin, ertaga dushman kelsa.. xalq bilan hukumatni ayirib qo‘ydi.

    Dilfuzayam ko‘p marta aytgan, matbuot bilan yaxshi bo‘lishimiz kerak, deb. Bir yaxshi bo‘lasan, ikki yaxshi bo‘lasan, uch yaxshi bo‘lasan.

    Man bitta gapni aytay. Bir hafta oldin mani zavodimda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ***dan olib ***ga soladi. Monopol, Artel dabdala, deb!

    Bir haftadan keyin o‘n ming dollar bersang, o‘sha mahsulotni maqtab chiqadi-da, reklama asosida deydi!

    O‘zi ular kim? Ular uchiga chiqqan mahluqlar!

    Bir hafta oldin yomonlab turib, bir haftadan keyin pul evaziga o‘sha mahsulotni yaxshilaydi.

    Kim o‘z ular? Onaning bolasimi bular yo itning bolasimi?! Raz prinsipingda tursang, tur oxirigacha. Tur. Men pulga sotilmayman, mahsulotingni yomon, yomonligini tan olaman, mahsulotingni omayman de.

    Prinsip yo‘q, iflos, bedolaga! (qashshoq). Bugun odam deb turganini ertaga odammas deydi. Vot qadriyat.

    Mana ayb qatta. Man nimadan qo‘rqaman. Manam hamma qatori odamman. Man xalqqa nima yomonlik qildim? Biz ishladik xolos, to‘g‘risini aytaman, it kunida ishladik.

    Bittasi yozadi, ishchilarni 12 soat ishlatyapti deb, bittasi yozadi ovqat bermayapti ekan deb. Uch ming odam Rossiyadan keldi, oilasi bilan shu yerda yashab ishlayapti. Uch ming odam qaytib keldi Rossiyadan. Hech kim buni yozmaydi. Faqat negativ. Sensatsiya.

    Bu bolaning (Abdurasul Vahobov) qorayib kuyib ketganini ko‘rdingizmi? Ertalab oltida chiqib ketib, kechasi o‘n ikkida keladi uyiga. Qirq uch daraja issiqda, qirq besh daraja issiqda ko‘chada yurganini ko‘rdingizmi? Ko‘rmadinglar.

    Bu bola menga hech kim emas. To‘g‘risi. Oti Abdulazizmi, Abdurasulmi, bugun bildim. Menga hech kim emas. Yarim soat gaplashib jonim achidi.

    Muammolar ko‘p. Qayerga ketyapmiz? Nima qilyapmiz? Tushunib yetmayapman. Nimaning ishtirokchisimiz?

    Mayli yigitlar, hayotda hamma narsa bor. Vaqtincha narsalar bor. Ashulachilar bor, bir ashula aytadi, keyin vaqti o‘tadi. Lekin Sherali klassika. Uning ashulasi o‘lmaydi. To‘g‘rimi?

    Lekin biz oshirib yubordik erkinlik tegdi deb. Istalgan ashulamizni aytib tashadik. Mana turkcha kinolar ko‘payib ketuvdi, kamaytirishdi. To‘g‘ri qilishdi. Chunki haddidan oshib ketuvdi telekanallar. To‘g‘rimi? Haddidan oshib ketuvdi.

    Biz nimaning ishtirokchisimiz bugun. Ishlarimiz asoslimi? O‘n yildan keyin o‘zimizni qayerda ko‘ramiz? Biz bo‘lamizmi, bo‘mimizmi? Xalq bizni qabul qiladimi, yo‘qmi? Biz bugun qo‘yayotgan fundament o‘n yildan keyin bo‘ladimi? Kim biz o‘zi? Xalqqa, millatga foydamiz tegyaptimi yo‘qmi?

    To‘g‘risi, hokimlar yura olmay qoldi. Kesin, manga, bir yarim yildan beri ishlayman, bir so‘m pora oganini isbot qilib bersin, bir so‘m harom yeganini isbot qilib bersin, men otamning bolasi emasman. Otam qanday mashhur odam bo‘lgan, shaharning zabardast odami bo‘lgan, Toshkentni so‘ragan odamlardan bo‘lgan.

    Bilmayman. O‘sha bolaga rahmim keldi. Qalbim og‘ridi...

    Yozinglar, istaganlaringcha. Hech kim oldinglarni to‘sayotgani yo‘q. Lekin har bir odam xudoning oldida o‘zi javob beradi.

    Menga qiziq, shuncha tadbirkorning muammosi turib, bitta o‘shaning ishi bilan borilgan. Nima bor bu yerda, manfaat bormi? Shaxsiy manfaat bor. Bilmasam.

    Bir tomonlama o‘rganasizlar. Ikkinchi tomonni o‘rganmaysilar. Hokimiyat hududida kamera ko‘tarib yurish mumkinmi? Qo‘lingda hujjating yo‘q, formang yo‘q. Masalan, sening uyingga kamera bilan bora olamanmi, ukam? Qanaqa reaksiya bo‘ladi? Xafa bo‘lasanmi? Bore, kamerangni yo‘qot deysan, to‘g‘rimi?

    Hujjat ko‘rsatmagansizlar. Etikada oldin ruxsat so‘raladimi? Kameraga olamiz deb. Ruxsatsiz kameraga olishga haqqing bormi?

    Bitta narsaga kelishamiz, erkakcha gaplashamiz, maylimi? Bu ishni qonun doirasida hal qilamiz. Xalqni aralashtirmaymiz, saytga chiqarmaymiz. Ikki tomonning harakati o‘rganiladi. Qonun, sud nima desa shu bo‘ladi. Bunga ayb qo‘yilsa shu jazoni beramiz. San aybdor bo‘lsang shu jazo. Faqat xalqni aralashtirmaymiz. Sud bilan hal qilamiz. Rozimisan. Hech qayerda yozmaysan. Agar shu gap orada qoladigan bo‘lsa. Oxirigacha oboramiz. Alloh oldida so‘z beraman, sudga tazyiq o‘tkazmayman.

    Barchasi qonun bo‘yicha. Agar bu aybdor bo‘lsa buni haydayman. Sanda ayb bo‘lsa bundan keyin jurnalistlik qilmaysan. Jarimani to‘laysan, chiqasan o‘yindan. Noprofessionallik uchun. Ikkinchi jurnalistlik qilmayman deb aytasan xohlasang, aytmasangam mayli. Rozimisan shunga. Qo‘lni uz. Tashqarida xalq aralashmaydi.

    Men jurnalistikani bugun ashula aytib, ertaga yo‘q bo‘lib ketadigan ahvolda ko‘rishni xohlamayman. Jiddiy kompaniyalar bo‘lishini, jahonga chiqishini, o‘zbekdan chiqishini xohlayman. Orzum shu.

    Men professional jurnalistlarni qattiq hurmat qilaman. Professionallarni. Masalan, Poznerni eshitib maza qilaman. U professional.

    Lekin men yengil-yelpi materiallar bilan buni (hokim o‘rinbosari) bervormayman. Shunchaki berib yubormayman. O‘z xodimimni osonlik bilan xafa qildirib qo‘ymayman.

    Men shunday qilishim mumkinki, sizlardan mahalla voz kechadi. Bu qo‘limdan keladi. Shunday qilishim mumkinki, ota-onang bosh ko‘tarib yurolmay qoladi.

    Men buni qilishim mumkin. Nima, menga sizlarni gey deb e’lon qilish qiyinmi? Bu juda oson. Oson. So‘z erkinligi!

    Men olti soniya ichida sizlarni ichida gey o‘tirgan taksiga o‘tqazaman, bo‘ldi! Sizlarni fotosuratga olishadi va gey deb e’lon qilishadi. Texnologiya!

    Lekin men bunday ifloslik qilmayman. Ota-onam meni bunga o‘rgatmagan.

    Men buni qila olaman. Olti sekundda. Tashkillashtira olaman. Lekin men unday odam emasman. Tushuntira oldimmi?!

    Shuning uchun, bizga tosh otishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘ringlar. Yaxshisi biz bilan ishlanglar. Odamlarda bizga nisbatan nafrat ishlatishdan ko‘ra, qandaydir muammo tug‘ilsa, bizga bu muammoni yechishda yordam beringlar”, degan shahar hokimi.

    Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoqda “Kun.uz” jamoasini mazkur mavzuni yopish qarori uchun tanqid qilayotganlardan bu qarorni to‘g‘ri tushunishi so‘raladi.

    To‘liq audiodan keyin ham shahar hokimi tomonidan muxbirlarga tazyiq va tahdid mavjudligini inkor etib bo‘lmaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek, sayt tahririyatining shahar hokimida xusumati yo‘q. Lekin adolat ta’minlanishi uchun tegishli organlar ushbu faktga e’tibor qaratishi va munosabat bildirishini kutib qoladi.

    19.11.2019, 14:42   Izoh (0)   57608
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tatariston prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi

    19.11.2019, 14:33

    Jizzaxda Milliy gvardiya tomonidan 90 metrli ulkan bayroq namoyish etildi

    19.11.2019, 13:51

    Toshkentda yana ikkita avtobusning harakatlanish yo‘nalishi o‘zgartirildi

    19.11.2019, 13:36

    “Nega halok bo‘layotgan minglab musulmonlar uchun javobgarlarni sud qilmaysiz?”. Sayfullo Soipov sudda ko‘rsatma berdi

    19.11.2019, 13:07

    Video: Jizzaxda o‘quvchilar kaltaklandi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi xizmat tekshiruvini boshladi

    19.11.2019, 12:25

    Yaponiya kompaniyasi Namanganda xususiy maktab ochadi

    19.11.2019, 12:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina “O‘rgimchak to‘ri”ga o‘xshash yangi operatsiyalarga tayyorlanmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 6 iyun, 19:30

    Germaniya yuzlab migrantlarni mamlakatga kiritmadi

    Dunyo | 6 iyun, 18:50

    Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi (foto)

    O‘zbekiston | 6 iyun, 17:46

    Yaponiyadagi “EXPO-2025” ko‘rgazmasidagi suvda bakteriyalar aniqlandi

    Dunyo | 6 iyun, 16:58

    Isroil uzoq tanaffusdan so‘ng Bayrut hududiga zarba berdi

    Dunyo | 6 iyun, 16:00

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari va murabbiylarini mukofotlash to‘g‘risidagi prezident farmoni e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 15:25

    Muhabbat va nafrat orasi bir qadam. “Yolg‘onchi” Tramp va “telba” Mask o‘rtasidagi mojaro ijtimoiy tarmoqlarni portlatdi

    Dunyo | 6 iyun, 14:00

    Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga mashina sovg‘a qilinadi

    Sport | 6 iyun, 13:54
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.