Handelszeitung nashrining yozishicha, Telegram jamoasi yaqin vaqtlar ichida Birlashgan Arab Amirliklarini tark etib, Shveysariyaning Sug shahriga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda ofisga mos keladigan bino qidirilmoqda va boshqa tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilmoqda.Telegram’ning ko‘chib o‘tishi sekin-asta amalga oshadi. Birinchi navbatda Shveysariyaga dasturchilarni ko‘chirib o‘tkazish rejalashtirilmoqda — hozirda Sug hukumati bilan 30 kishiga ishlash uchun ruxsatnoma berish masalalari hal etilmoqda.
Biznesning Shveysariyaga o‘tkazilishicha, TON’ga kiritilgan investitsiyalarning aksariyati aynan ushbu davlat hisobiga to‘g‘ri kelishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Avvalroq Buyuk Britaniyaning yuridik shaxslar davlat reyestri Pavel Durovni Telegram Messenger LLP tugatilgan taqdirda uning mulk huquqi Buyuk Britaniyaga o‘tishi haqida ogohlantirgandi.
Izoh (0)