Shavkat Mirziyoyev 16-noyabr kuni Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, suhbat avvalida davlat rahbari Sooronbay Jeenbekovni tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyat tiladi.
Qirg‘iziston prezidentining ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi qayd etilgan.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston—Qirg‘iziston amaliy hamkorligini yanada kengaytirishning dolzarb jihatlarini muhokama qilgan, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashgan.
Shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqilgan.
Izoh (0)