• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    “Davlat idoralarining hadeb tekshiraverishi yoqmaydi”. Etikdo‘z hikoyasi

    “Daryo” ijtimoiy hayotda o‘z o‘rniga ega, biroq jamoatchilik e’tiboridan ko‘pincha chetda qolayotgan kasb egalari bilan suhbat qilmoqda. “Soyadagi odamlar” loyihasining bu galgi qahramoni 20 yildan buyon etikdo‘zlik qilib kelayotgan kishi.

    Suhbatdoshimizning iltimosiga ko‘ra, uning ism-sharifi hamda shaxsini oshkor etishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar o‘zgartirildi.

    Ismim Aziz. Vohadanman. Yoshim 37 da. Etikdo‘zlik bilan shug‘ullanayotganimga 20 yildan oshdi.

    Foto: “Unsplash.com”

    Foto: “Unsplash.com”

    Bolaligimda oyoq kiyimlarim ko‘p yirtilgan. Yangi olib kiyishga yoki borib ta’mirlatishga mablag‘imiz yo‘q edi. Shuning uchun o‘sha paytlardanoq ularni o‘zim tikib kiyishga majbur bo‘lganman. Balki bu kosiblikni tanlashimga sabab bo‘lgandir, bilmayman.

    Maktabda o‘qib yurgan paytlarimdanoq kosiblik qilishni boshlaganman. Dam olish kunlari tuman dehqon bozoriga borib ishlardim. Topgan pulimga esa uyga xarajat qilib kelardim.

    Yoshligimda men ham boshqalar kabi universitetda o‘qishni, oliy ma’lumotli bo‘lishni xohlaganman. Afsuski, maktabni bitirganimdan so‘ng o‘qishga sharoitim bo‘lmadi. O‘qimaganimga yarasha biror kasbni etagidan tutay deb etikdo‘zga shogirdlikka tushdim. Bilmaganlarimni o‘rganib, bir muddat ishladim. Keyinroq ishimni poytaxtda davom ettirdim.

    Toshkentga kelishimda bir do‘stimning hissasi katta bo‘lgan. U shu yerda kosiblik qilardi. Unga ergashib men ham Toshkentga keldim. Ancha payt “Qo‘yliq”, “Yunusobod”, “Bek baraka” bozorlari atrofidagi ko‘chalarda kosiblik qildim.

    Keyin topganlarimni orttirib, Yunusobodda o‘z ustaxonamni ochdim.

    Foto: “Unsplash.com”

    Foto: “Unsplash.com”

    Havo salqin bo‘lsa, yaxshi daromad qilaman

    Bir kunda mana buncha topaman deb aniq aytolmayman. Ba’zan 70 ming so‘m, ba’zida esa 80–100 ming so‘m ishlashim mumkin. Bu ham ob-havoga bog‘liq. Masalan, yog‘ingarchilikda ish yaxshi bo‘ladi. Chunki ko‘pchilikning oyoq kiyimi teshiladi, suv o‘tadi. Quruqchilik kunlari esa kamroq. Bo‘lmadi deganda kuniga 50–60 ming so‘m topaman.

    Yaxshi kosib bo‘lishning siri nimada?

    Kelgan mijozlarning ishini ko‘ngildagidek qilsam, ular pulini rozi bo‘lib bersa, shundan xursand bo‘laman.

    Yaxshi kosib bo‘lishning birinchi siri — sifatli mahsulotlardan foydalanib, ishini yaxshi qilib bersangiz, keyingi safar yana sizga keladi. Yoki yaxshi usta bormi deb so‘rasa, kimgadir sizni tavsiya qiladi. Men shunday qilib “kliyent”larimni ko‘paytirganman.

    Inson qancha topishidan qat’i nazar halol ishlashi kerak. Shundagina ishida, topgan pulida, oilasida baraka bo‘ladi.

    Ishimda aytarli muammolar bo‘lmaydi

    Faqat ba’zi birovlar ishini qildirib, pulini berishga kelganda u yog‘ini bunaqa qilmabsiz, unaqa qilmabsiz, deb ko‘ngilni xira qiladi. Mayli deb iloji boricha istaganiday to‘g‘rilab berishga harakat qilaman.

    Boshida mijoz bilan ish narxini kelishib olaman. Chunki ishni tugatib mana buncha bo‘ldi desangiz, u narxga rozi bo‘lmasligi yoki puli yetmasligi mumkin.

    Ba’zida pulini beraman deb aldab ketadiganlaram bo‘ladi. Balki esidan chiqib qolgandir deb yaxshi gumonda bo‘laman. Mayli, vaqti bo‘lganda yoki ishi tushganda tashlab ketar deyman. Aksariyat hollarda aytganimdek, oradan ancha vaqt o‘tsa-da, usta, o‘tgan safar sizdan buncha qarzim qolgandi, deb berib ketishadi.

    Yana mast odamlar kelib, ustaxonamga kirib olib, ortiqcha gapirishi yoqmaydi. Qayerdagi gaplarni aytib o‘tirishadi. Mast bilan kelishib bo‘lmaydi, shundan sal dilxiralik bo‘lishi mumkin. Doim ham emas, albatta.

    Faoliyatimda ayrim davlat idoralaridan hadeb kelib tekshirishi yoqmaydi. Ishim qonuniy. Joyimga soliq to‘layman, elektrni ham vaqtida to‘lab boraman. Lekin ayb topgilari kelaveradi.

    Foto: “Unsplash.com”

    Foto: “Unsplash.com”

    Xudo bergan rizqimizni terib yuribmiz

    Bu yerda ijarada yashayman. Qo‘shimcha daromadim yo‘q. Faqatgina kosibchilik qilib ro‘zg‘or tebrataman. To‘g‘ri, boshqalar kabi yangi kiyim kiymaymiz, ko‘chalarda ovqatlanmaymiz. Tejab yashaymiz.

    “Dom”imizning pastida ishlayman, Yo‘lkira qilmayman, ko‘chada ovqatlanmayman. Xarajatni qilib qo‘ysam, uyda oilam bilan ovqatlanaman. Xudoga shukr, qora qozon qaynab turibdi.

    Ikkita o‘g‘lim va bitta qizim bor. Katta o‘g‘lim 9-sinf, ikkinchisi 6-sinf, qizim esa 3-sinfda o‘qiydi. Ayolim uy bekasi. Bolalarimning osh-ovqatiga qarab, dars qildirib o‘tiradi. O‘zim ham bo‘sh paytimda farzandlarimga tarbiyaviy soat o‘taman. Onadan ko‘ra otaning gapi tezroq ta’sir qiladi-da. Bolalar shahar joyda katta bo‘lyapti. Yaxshi o‘qi, darsdan chiqib uyga to‘g‘ri kel, deb aytaman. Xudoga shukr, hech biri gapimni ikki qilmaydi.

    Foto: “Unsplash.com”

    Foto: “Unsplash.com”

    Farzandlarim kasbimni egallashini xohlamayman

    Faqat o‘zi uchun o‘rgansin mayli, lekin kosib bo‘lishini xohlamayman. To‘g‘ri, bu bilan kasbim yomon demoqchimasman, lekin bolalarim menga o‘xshab sovuqlarda qora moyga botib qiynalmasdan, davlat idoralarida ishlashini istayman. Bor orzu-havasim bolalarimdan.

    Ularni o‘qitishni xohlayman

    Bolalarimga men qiynalib ishlab sizlarni boqyapman, sizlar ham shunga munosib bo‘linglar, mehnatlarimni oqlanglar, harakat qilinglar, orzu-havaslarimni ro‘yobga chiqaringlar, deb ko‘p aytaman. Allohga shukr, bolalarim maktabda a’lo baholarga o‘qiydi.

    Odamzod borki, bu kasb hech qachon yo‘q bo‘lmaydi 

    Puli borlar yangi olib kiyaveradi, puli yo‘q odamlar kosibga tiktirib kiyadi. O‘zbekistonda ko‘pchilik oylikka yashaydi. Oyoq kiyimi yirtilsa, keyingi maoshigacha boshqa ololmaydi. Ta’mirlatib kiyishga majbur. Dunyoda boy-kambag‘al tafovuti bor ekan, etikdo‘zlik hunari yo‘qolmaydi.

    Foto: “Unsplash.com”

    Foto: “Unsplash.com”

    Niyatlarim juda ko‘p

    Eng katta orzum farzandlarimni uyli-joyli qilib, ularning orzu-havasini, rohatini ko‘rish. Do‘konlar ochgim keladi, shogirdlar olib, hunarimni o‘rgatsam deyman... Lekin menda hozir yetarli mablag‘ yo‘q.

    Bu yerdan uy olish niyatim bor. Faqat bolalarim o‘qib, ishlab olsagina yoki qandaydir muvaffaqiyatlari uchun berilsagina uyli bo‘lishim mumkin.

    Bu yerda pul topish ham, ishlatish ham oson. Avaylab ishlatmasangiz, 100 ming ham birpasda tugaydi. Viloyatlarda esa topish qiyin, lekin ko‘p ketmaydi. Uyda dehqonchilik qilasiz, hamma narsa o‘z yeringizdan chiqadi. Bu yerda hamma narsani sotib olasiz. Toshkentda yeb-ichishingizga 1 million so‘m ketsa, vohada 500 ming so‘m bemalol yetadi.

    Hayotingizdan mamnunmisiz?

    O‘ziga ming shukr, mamnunman. Ota-onam, bola-chaqam, o‘zim sog‘-salomatman. Qo‘limda hunarim bor. Shuning ortidan oilamni ta’minlayapman. Orttirib, ota-onamga ham beraman.

    Orzularim ko‘p, ularga erishsam, yanada mamnun bo‘laman, biroq menga vaqt kerak. Ko‘proq mehnat qilishim, ishlashim, pulimni ko‘paytirishim kerak. Bu yil bo‘lmasa, keyingi yil bo‘ladi, inshaalloh. Ko‘zim ko‘rib, oyog‘im ishlab tursa, Xudo xohlasa, hammasiga erishaman.

    Xonzodabegim A’zamova suhbatlashdi.

    Avvalgi soyadagi odamlar:

    “Aravakashlik qilib, qizimni ToshMIda o‘qitdim”. Aravakash amaki hikoyasi

    “Tushimda marhum erim tinmay olovda yonardi”. Gulchi ayol hikoyasi

    “Musorga tashlab yuborilgan 34 million so‘mni topib berganman”. Chiqindi yig‘uvchi amaki hikoyasi

    Modellar boylarga jazman bo‘ladimi? Model qiz hikoyasi

    “Tarozidan urib, odamlarga qurtlagan jigar va go‘sht sotgani uchun qassoblar uzoq yashamaydi”. Qassob yigit hikoyasi

    “Tilanchilar taksida, o‘qituvchilar avtobusda yuradigan zamonda yashayapmiz”. Kirakash yigit hikoyasi

    “Pul topish uchun hammasiga roziman, faqat fohishalikka emas!” Ofitsiantlik qilayotgan O‘zbekiston chempionining hikoyasi

    “Boy o‘lsa o‘lsin, kambag‘al o‘lmasin”. Go‘rkov Yursunali ota Umaraliyev hikoyasi

    “Menga hech narsa kerakmas, shunchaki baxtli bo‘lishni xohlayman”. Mardikorlik qilayotgan qiz hikoyasi

    “O‘zbekiston o‘likxonalarida murdalar sotilmaydi!” Morg xodimining hikoyasi

    “Ofitsiantlar qo‘pol mijozlarning ovqatiga tupurib berishini eshitganman”. Ofitsiant yigit hikoyasi

    “Novvoy bo‘lib ko‘z nurimni yo‘qotyapman”. Novvoy yigit hikoyasi

    16.11.2019, 09:05   Izoh (0)   108657
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.