XDP Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari, senator Maqsuda Vorisova “Milliy tiklanish” gazetasini sudga berishi mumkin, deb yozmoqda “Xabar.uz”.
Qayd etilishicha, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bosh nashri bo‘lgan gazetaning oxirgi sonidagi anonsda “XDP a’zosi Maqsuda Vorisovaning Rossiya kommunistlari yetakchisi Gennadiy Zyuganovga qanday ‘qarindosh‘ligi bor?” sarlavhali maqola chop etilishi bildirilgan.
Anonsda maqolaga ishlangan kollaj ham keltirilgan bo‘lib, unda XDP va Rossiya kommunistlari partiyasi o‘rtasida mafkuraviy “qarindoshlik” borligiga ishora qilingan. Chunki, mazkur siyosiy institut sobiq O‘zbekiston kommunistik partiyasi tugatilganidan so‘ng tashkil etilgan.
Izoh (0)