O‘zbekiston terma jamoasi 9-noyabr, shanba kuni Toshkentda Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Vadim Abramov boshchiligidagi terma jamoa JCh—2022 saralashi doirasida Saudiya Arabistoni hamda Falastin termalariga qarshi bahslarga tayyorgarlik ko‘rish uchun 2-noyabrdan boshlab yig‘inga kirishdi. Mazkur yig‘in doirasida “oq bo‘rilar” bugun “Paxtakor” stadionida Qirg‘iziston termasi bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
Soat 17:00 da boshlanadigan uchrashuvni Bastian Dankert boshchiligidagi germaniyalik hakamlar boshqarib boradi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
9-noyabr, 17:00
“Paxtakor” stadioni
O‘zbekiston — Qirg‘iziston
Bosh hakam: Bastian Dankert (Germaniya)Yordamchi hakamlar: Yan Zaydel (Germaniya), Rene Rode (Germaniya)
Zaxira hakami: Ilgiz Tantashev (O‘zbekiston)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)