Samarqanddagi Markaziy harbiy okrug madaniyat va ma’rifat markazida o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Erkinjon Turdimovga Mudofaa vazirligining ko‘krak nishoni topshirildi, deya xabar bermoqda “Kun.uz”.
Tadbirda O‘zbekiston mudofaa vazirining buyrug‘i o‘qib eshittirilib, generel-mayor Pavel Ergashev tomonidan Kattaqo‘rg‘on okrug poligonini barpo etishda munosib hissa qo‘shgan Samarqand viloyati hokimi, Samarqand harbiy-ma’muriy sektori rahbari Erkinjon Turdimovga Mudofaa vazirligining III darajali «Namunali xizmatlari uchun» ko‘krak nishoni va Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Avvalroq Kattaqo‘rg‘onda O‘zbekistonda eng katta harbiy poligon foydalanishga topshirilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)