Ismoilbek Madazimov Andijonda tug‘ilgan. Hozir 16 yoshda. 2019-yilda unga oqqon tashxisi qo‘yilgan.Ayni vaqtda Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti klinikasi 1-bolalar bo‘limida davolanmoqda.
“O‘g‘lim bahor oyidan beri qattiq boshi og‘riyotganidan shikoyat qila boshladi. Avval tuman keyin viloyat markaziy shifoxonalarida davolatdik. So‘ngra shifokorlar bizni poytaxtdagi onkogematologiya qon kuyish ilmiy tekshirish institutiga yuborishdi. 16-mayda unga oqqon tashxisi qo‘yildi...
Bu xabar hammamizni dovdiratib qo‘ydi. Bolamni saqlab qolish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik. Hozir 5-kurs muolajalarini olyapmiz. Dorilar juda qimmatligi uchun moddiy tomondan ancha qiynalib qoldik.
To‘g‘ri, erkak kishini kimdandir bosh egib yordam so‘rab chiqishi to‘g‘ri kelmaydi. Lekin bolam uchun majburman. Axir bitta bolani dunyoga keltirib, uni 16 yoshga kirgizish oson emas. Uni sog‘ayib ketishini istayman. Bu borada yaxshi inosonlarning ko‘magiga muhtojmiz”, — deydi biz bilan suhbatda Ismoiljonning dadasi Ilhomjon aka.
Aziz yurtdoshlar! Ismoiljonning sog‘ayib ketishiga hissa qo‘shaylik!
Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:
Plastik karta raqami. 8600 0417 2116 7451Otasi Madraximov Ilhomjon Madazimovich nomiga ochilgan
Pasport raqami: AA 3457396
Otasi Ilhomjon akaning telefon raqami:
+998 91 605-25-71
Bemor Ismoiljonning telefon raqami:+998 90 572-83-14
Izoh (0)