2-noyabr kuni erta tongda, soat 3:30 da “Qamchiq” maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismiga A-373 “Toshkent—O‘sh” yo‘lining 204-kilometrida yo‘l-transport hodisasi yuz bergangi haqida xabar kelib tushdi, deya xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, surxondaryolik N.O. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomobil, boshqaruvning yo‘qotilishi oqibatida, yo‘l chetiga chiqib ketgan. Hodisa oqibatida mashina salonida bo‘lgan uch yo‘lovchi turli darajada tan jarohati olgan.
Oradan ikki soat o‘tib xuddi shu yo‘lning 222-kilometrida ham shunga o‘xshash YTH qayd etilgan. Farg‘onaning Bag‘dod tumanida yashovchi N.M. “Jiguli” rusumli mashina boshqaruvini eplay olmay qolib, yo‘l chetiga chiqib ketgan.
“Qutqaruvchilar jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatib, ularni Angren markaziy kasalxonasiga olib borib joylashtirdi”, — deya xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.
Izoh (0)