Malida jangarilar va mamlakat harbiylari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda halok bo‘lganlar soni 50 nafardan oshdi, ular orasida bir nafar fuqaro ham bor. Bu haqda Mali kommunikatsiyalar vaziri Yaya Sangare ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
“Indelimandagi qurolli kuchlar pozitsiyaga qilingan hujum natijasida 54 nafar odamning jasadlari topildi, ularning bir nafari fuqaro, qolgani harbiylar. 10 nafar harbiy turli darajadagi tan jarohatlari olgan va omon qolgan. Vaziyat nazoratga olingan”, — deb yozgan Sangare Twitter’da. Shuningdek, vazir halok bo‘lganlarning shaxslari aniqlanganini ham ma’lum qildi.
Mavzuga doir: Malidagi portlash oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi
Izoh (0)