Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi “Nuriston” mahallasining 3-mitti tumanida joylashgan 9, 43, 7, 8-sonli ko‘p qavatli uylar atrofida bir oydan buyon ichimlik suvi quvur teshilganligi sababli isrof bo‘lmoqda. Bu haqda Nasafnews xabar berdi.
Aholi vakillarining ma’lum qilishicha, ko‘chadan o‘tgan quvur teshilganligi sababli har kuni kechqurun suv kelgan paytda yo‘llar ko‘lmakka aylanib qoladi.
Ichimlik suvi isrof bo‘layotganiga bir oyga yaqinlashgan bo‘lsa ham, hech kimning bu muammo bilan ishi yo‘q, deyiladi nashr xabarida.
“Suvoqova” davlat unitar korxonasi Qarshi shahar filialiga bog‘lanib, muammo haqida xabar berilganda, “Ishimiz juda ko‘p, ulgurmayapmiz”, degan javob olinmoqda.
“Respublika chiqsang chiq, qayerga borsang bor, qo‘lingdan kelganini qil”, — deb dispetcher telefonni o‘chirib qo‘ydi, deyiladi xabarda.
Izoh (0)