Isroil diplomatik vakolatxonalarining xodimlari 30-oktabrda ish tashlash e’lon qilganidan keyin 31-oktabrda yana o‘z ish faoliyatiga qaytganligini bildirdi. Bu haqda Isroilning Xyustondagi (AQSh) konsulligi Facebook’da xabar bergan.
“Konsullik va Isroilning butun dunyodagi boshqa diplomatik missiyalari 2019-yilning 31-oktabridan ish faoliyatini davom ettiradi. Moliya vazirligi hamda diplomatlar o‘rtasidagi muzokaralar ham to‘xtamaydi”, — deyilgan konsullikning Facebook’dagi sahifasida.
Isroil diplomatik missiyalarining yana ish faoliyatiga qaytganini Isroil TIV rasmiy vakili Natsir Amer ham tasdiqlagan.
Avval Isroil elchixonalari, konsulliklari va boshqa diplomatik vakolatxonalarning xodimlari mamlakat Moliya vazirligi bilan kelishmovchiliklar hamda maoshlarining kamligi sabab ish tashlash e’lon qilgan. Nyu-Yorkda uch yahudiyning jasadi ish tashlash sababli Isroilga jo‘natila olmayotgani xabar qilingandi.
Izoh (0)