• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev: Barcha rahbarlar aniq bilib olsin — hisob-kitobsiz biror loyihani moliyalashtirishga ruxsat berilmaydi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-oktabr, payshanba kuni makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, soliq-budjet siyosati, davlat budjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020-yilga mo‘ljallangan parametrlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda eksport tarkibi, tashqi bozordagi talab va O‘zbekiston korxonalarining undagi o‘rni chuqur tahlil qilindi.

    O‘zbekiston eksportining 50 foizidan yuqorisini hanuzgacha gaz, oltin, kumush, mis, rux, polietilen kabi xomashyolar tashkil etayotgani, arzon xomashyo mavjud bo‘lgan tarmoqlar bo‘yicha ishlab chiqarish va eksport yetarlicha yo‘lga qo‘yilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

    Masalan, O‘zbekistonda charm-poyabzal eksporti bo‘yicha kamida 1,5 milliard dollarlik salohiyat bo‘lsa-da, hozirda bu boradagi ko‘rsatkich 200 million dollarga ham yetmaydi.

    Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga terini chuqur qayta ishlab, ayollar poyabzallari va sumkalari, sport anjomlari va boshqa tayyor charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish orqali eksport hajmini 2 barobar oshirish vazifasi qo‘yildi.

    To‘qimachilik mahsulotlari eksporti so‘nggi ikki yilda 2 barobarga oshib, 1 milliard 600 million dollarga yetgan bo‘lsa ham, uning deyarli yarmini ip-kalava tashkil etmoqda.

    Shu bois Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga eksportda tayyor mahsulotlar ulushini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Yana bir tahlil: dunyoda meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozori 205 milliard dollarni tashkil etadi. O‘zbekistonning bu bozordagi ulushi esa bir foizga ham yetmaydi.

    Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasiga meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumanda ekinlarni to‘g‘ri joylashtirish, “mahsulot yetishtirish — xarid qilish — saqlash yoki qayta ishlash — eksport” zanjirini yaratuvchi kooperatsiyalar tashkil etish orqali eksport hajmini bosqichma-bosqich 5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

    Mashinasozlik va elektrotexnika tovarlarining qo‘shilgan qiymati yuqori, dunyoda ularga doimiy talab ham bor. Lekin tarmoq korxonalari bu imkoniyatdan to‘la foydalanmayapti. Shundan kelib chiqib, soha mutasaddilariga qo‘shni davlatlar bilan savdoni rivojlantirish, eksport hajmini 2—3 barobar oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Oxirgi uch yildagi faol investitsiya oqimi tufayli soha va hududlarga ko‘p mablag‘ yo‘naltirilgani qayd etilar ekan, jalb qilinayotgan har bir dollarning natijadorligiga asosiy e’tibor qaratish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

    “Barcha rahbarlar aniq bilib olsin — qat’iy hisob-kitob, texnik-iqtisodiy asoslarsiz biror bir loyihani moliyalashtirishga ruxsat berilmaydi”, — dedi Prezident.

    Bosh vazir rahbarligida tashqi qarz hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar natijadorligini nazorat qilish bo‘yicha komissiya tashkil etib, mas’ul idoralarning hisobotini qabul qilish zarurligi ta’kidlandi.

    Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilgan soliq islohotlari tushumlar ko‘payishida ijobiy natijalar bermoqda. Buni xalqaro moliyaviy institutlar ham tasdiqlamoqda.

    Masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari soni 12 barobar, foyda solig‘i to‘lovchilari soni 6,5 barobarga oshgan. Ish haqiga nisbatan soliq yuki keskin pasaytirilgani natijasida daromad solig‘i to‘lovchilari soni 700 mingga, ushbu soliq tushumi esa 2 barobarga ortdi.

    Mazkur islohotlarning davomi sifatida joriy yil 1-oktabrdan qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 foizdan 15 foizga tushirilib, qator imtiyozlar bekor qilindi. 2020-yil 1-yanvardan esa davlat ulushi bor korxonalarga ham yagona ijtimoiy to‘lov 25 foizdan 12 foizgacha pasaytiriladi. Bu choralar natijasida kelgusi yilda soliq to‘lovchilar ixtiyorida 12,8 trillion so‘m miqdorida mablag‘lar qoladi.

    Prezident Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasiga 2020-yil uchun prognoz qilingan budjet tushumini ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berdi. Bunda elektron hisob-faktura, zamonaviy markirovka, onlayn kassa mashinasi kabi ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish orqali soliq ma’muriyatchiligini yaxshilash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bojxona organlarida samarali ishlaydigan yangi vertikal tizimni shakllantirish, bunda import qilinayotgan tovarlar narxini haqqoniy baholash, risk-analiz va boshqa zamonaviy usullarni keng qo‘llash, shuningdek, ichki nazoratni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Davlat rahbari soliq yukini pasaytirish iqtisodiyotga va aholi farovonligiga ijobiy ta’sir etishini inobatga olib, bu masalaga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

    Yig‘ilishda 2020-yil budjetining xarajatlar qismi ham chuqur tahlil qilindi.

    Jumladan, kelgusi yili ijtimoiy sohalar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hajmi ortishi ko‘zda tutilgan.

    Masalan, sog‘liqni saqlash tizimiga yo‘naltiriladigan xarajatlar joriy yildagiga nisbatan 18 foizga, ta’lim sohasiga – 10 foizga va ilm-fan rivojiga – 47 foizga ko‘payadi.

    Qolaversa, ta’lim, tibbiyot, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, infratuzilmalarni yaxshilash kabi yo‘nalishlarda 100 ga yaqin maqsadli dasturlar rejalashtirilgan.

    Aholini dori vositalari bilan ta’minlash uchun 1,3 barobar, bolalar sporti dasturi uchun 3 barobar, geologiya-qidiruv ishlari dasturiga 4 barobar ko‘p mablag‘ ajratish mo‘ljallangan.

    Shuningdek, paxtachilik va bog‘dorchilikda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish xarajatlariga ham alohida o‘rin berilgan.

    Prezident xarajatlar borasidagi eng ustuvor vazifa moliya-budjet intizomi, yo‘naltirilayotgan har bir so‘m iqtisodiyot uchun qanday natija berayotgani asosiy mezon bo‘lishi lozimligini ta’kidladi. Moliya vazirligi va Hisob palatasiga budjetdan moliyalashtiriladigan dasturlarning maqsadli indikatorlarini belgilash va ijrosini baholash tartibini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

    Hokimliklarning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash maqsadida hududiy moliya organlarini to‘liq mahalliy davlat organlari tuzilmasiga o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.

    Avtomobil yo‘llari, irrigatsiya, melioratsiya kabi sohalarga investitsiya xarajatlari bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqish bo‘yicha ham vazifalar belgilandi.

    Muhokama qilingan barcha jihatlarni hisobga olib, “2020-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasini Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga taqdim etish kerakligi qayd etildi.

    31.10.2019, 18:34   Izoh (0)   15100
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish ishlari kishi boshiga salkam 4 dollardan tushadi

    31.10.2019, 18:19

    Shavkat Mirziyoyev: “Asosiy vazifamiz — xalqimizga munosib ish o‘rinlari yaratgan holda daromadlarni oshirish”

    31.10.2019, 18:02

    Xususiy notariuslarga litsenziya berish tartibi ma’lum bo‘ldi

    31.10.2019, 17:15

    Jizzaxda nosoz Gentra avtosalon tomonidan o‘z vaqtida ta’mirlab berilmagani uchun xaridorga avtomobil puli to‘liq qaytarildi

    31.10.2019, 16:51

    Rossiyadan deportatsiya qilingan 2 o‘zbekistonlik samolyot hojatxonasida tamaki chekkani uchun reysdan chetlatildi

    31.10.2019, 16:36

    Farg‘ona viloyatining Qo‘qon va Tojikistonning Shaydon shaharlari o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

    31.10.2019, 16:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.