Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani “O‘rtadara” mahallasida yashovchi Zohid ismli 33 yoshli fuqaro xotinini bolta bilan urib o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
29-oktabr soat taxminan 00:30 da Zohid va uning turmush o‘rtog‘i Dilorom (1991-yilda tug‘ilgan) o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Janjal oqibatida Zohid bolta bilan xotining bosh miya va ko‘krak qafasiga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-modda (“Qasddan odam o‘ldirish”) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)