• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bizga faqat buzish buyurilgandi”. Qarshi shahar hokimi buzdirgan maktab devorini quradigan odam topilmayapti

    Qarshi shahri markazidagi 14-maktab devori shahar hokimi topshirig‘iga ko‘ra buzib tashlandi. Oradan 3 oydan ko‘p vaqt o‘tsa-da, devor qayta qurilmayapti. Bu esa nafaqat o‘quvchilar, o‘qituvchilar uchun ham noqulaylik tug‘dirmoqda. Bu haqda “Daryo”ga murojaat qilgan maktab o‘qituvchilari ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    — Joriy yil 24-iyun kuni shaharning o‘sha paytdagi hokimi Jamshid Fozilov maktabimizda hudud aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi, — deydi maktab o‘qituvchisi Shahlo Jo‘rayeva. — O‘shanda aholi maktab devori abgor ahvolga kelgani, erta-indin biror bir o‘quvchining ustiga qulab tushishidan qo‘rqayotganini bildirdi. Shunda hokim mutasaddilarga xavfli holatga kelib qolgan devorni buzib, o‘rniga yangi devor qurish to‘g‘risida topshiriq berdi. Sayyor qabul tugagach, ko‘chaga chiqsak, devor buzilayotgan ekan. Xursand bo‘ldik. Demak, muammomiz hal bo‘larkan deb. Ammo chuchvarani xom sanagan ekanmiz. Devor buzildi, ammo qayta qurilmayapti. Shu ahvolda tashlab ketildi.

    Foto: “Daryo”

    Maktab o‘qituvchilarining aytishicha, devorni hokim topshirig‘iga ko‘ra shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari buzgan.

    Nargiza Qurbonova. Foto: “Daryo”

    — Devorni buzayotganlardan “qayta tiklash ham sizlarning zimmangizdami?” deb so‘radik, — deydi yana bir o‘qituvchi Nargiza Qurbonova. — Ular o‘sha payt aytishgandi, “bizga faqat buzish buyurilgan” deb. Buni eshitib, yuragimiz shuv etgandi. Qo‘rqqanimiz boshimizga tushdi.

    28 yildan beri ushbu maktabda faoliyat yurituvchi Oliya Eshovaning ta’kidlashicha devor buzib tashlangach, maktab hovlisiga xohlagan odamlar kirib chiqyapti.

    Foto: “Daryo”

    — Maktab hovlisi lang ochiq, xohlagan kishi kirib chiqyapti, eng yomoni, o‘quvchilarimiz ham shu nuragan devor osha maktabga o‘tyapti, — deydi Oliya Eshova. — Biz esa murojaat qilishdan charchadik. O‘tgan qariyb 4 oy muddat davomida shahar hokimligi, xalq ta’limi boshqarmasiga ham chiqdik. Ammo hech kim tinglamayapti. Hatto xatimizga javob ham berishmaydi.

    Foto: “Daryo”

    Maktab rahbariyatining ma’lum qilishicha, devor buzib tashlangach 5-iyul kuni direktor nomidan shahar hokimiga xat chiqariladi. Buni qarangki, xatda devor tabiiy talofat tufayli nurab tushgani aytilib, uni tiklashda amaliy ko‘mak so‘raladi. Devor uchun yordam so‘rab shahar hokimligi va xalq ta’limi bo‘limi mudiriga 9 iyul, 10, 16, 17-sentabr hamda 16-oktabr kunlari ham xat chiqariladi. Ammo natija yo‘q.

    Foto: “Daryo”

    Qiziq, maktab rahbariyati va o‘qituvchilar “Daryo” muxbiri bilan suhbat chog‘ida devor hokim topshirig‘iga ko‘ra, shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan buzilganini aytmoqda. Xatda esa devor tabiiy talofat tufayli nuragani yozilgan.

    Qarshi shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Zafar Najimovning aytishicha, maktab devorini hokim topshirig‘iga asosan obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari buzgan. Ammo boshqarma xodimariga yangi devor qurish topshirig‘i berilmagan.

    Shahlo Jo‘rayeva. Foto: “Daryo”

    — Shahar obodonlashtirishga devorni buzib, qayta qurish topshirig‘i ham berilgan, — deydi Shahlo Jo‘rayeva. — Chunki, o‘zim hokim qabuliga borib, devor qurilmaganini aytganimda, Jamshid Fozilov obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ini chaqirib, “nega haligacha maktab devori qurilmagan?” deb so‘ragandi. O‘shanda muammoni tez orada hal qilish topshirig‘ini berilgandi.

    Munavvar Bobomurodova.

    Munavvar Bobomurodova.
    Foto: “Daryo”

    Ushbu hududda yashovchi ota-onalardan biri Munavvar Bobomurodovaning aytishicha, maktab rahbariyati devorni kimdir qurib berishini kutmasdan o‘zi tashabbus qilib chiqishi, ota-onalardan yordam so‘rab, muammoni yechishi lozim.

    Maktab o‘qituvchilari nuragan devor ustidan o‘tayotgan o‘quvchilardan xavotirda.

    Foto: “Daryo”

    — O‘quvchilarimizdan biri shu joydan o‘taman deb yiqilib tushsa yoki ularga biror kor-hol bo‘lsa, yana maktabdagilar aybdor bo‘ladimi? — deydi o‘qituvchilar. – Yoki rahbarlar ko‘ngilsizlik bo‘lishini kutyaptimi?

    31.10.2019, 09:03   Izoh (0)   21031
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijondagi to‘g‘ondan Qirg‘iziston fuqarosining jasadi topildi

    31.10.2019, 08:45

    Toshkent metrosida texnik sabab va vagonda shubhali buyum qoldirilgani sababli 30-oktabr kuni 2 marta poyezdlar harakati to‘xtatildi

    31.10.2019, 08:32

    Chilonzordagi “Ugolok” kafesida yuz bergan janjaldan keyin 30 yoshli erkak vafot etdi

    31.10.2019, 08:01

    Toshkent viloyatida chiqindi suvlarining Chirchiq daryosiga oqizilishining oldi olindi

    31.10.2019, 07:13

    Samarqandda xonada to‘plangan gazning portlashi uy bekasining o‘limiga sabab bo‘ldi

    31.10.2019, 01:33

    “Inson salomatligiga daxldor har bir vaziyat favqulodda holat hisoblanadi”. SSV “Navoiyazot” raddiyasiga javob qaytardi

    31.10.2019, 00:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Donald Tramp va Binyamin Netanyaxu G‘azodagi gumanitar vaziyat yuzasidan tortishib qolgan

    Dunyo | 8 avgust, 21:02

    AQSH sud tizimi ma’lumotlar bazasi xakerlar xujumiga uchradi

    Dunyo | 8 avgust, 20:50

    Jiddiy filmlarning suratga olish jarayonida yuz bergan kulgili voqealar

    Kino | 8 avgust, 20:35

    Sun’iy intellekt chatbotlari bilan doimiy muloqot psixozni keltirib chiqarishi mumkin

    Dunyo | 8 avgust, 20:20

    “Real Madrid” Vitinyaga qiziqish bildrimoqda

    Sport | 8 avgust, 20:17

    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

    Reklama | 8 avgust, 19:30

    Samarqandda 2000 ta daraxtni nobud qilgan masʼul jazodan qochish uchun inspektorlarga bosim qilayotgani rostmi?

    O‘zbekiston | 8 avgust, 20:10

    Jaziramada jonning huzuri: uy uchun qanday konditsioner tanlash kerak?

    Maslahatlar | 8 avgust, 19:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.