O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida qator mamlakatlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar beradi Senat matbuot xizmati.
Xususan, Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan bilan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilingan.
Armen Sarkisyan Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ulkan yutuqlar va mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori tobora yuksalib borayotganini ta’kidlagan.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni, shu jumladan, parlament va hukumat tuzilmalarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish muhimligini qayd etdi.
Avvalroq, Tanzila Norboyeva Yaponiya imperatorining taxtga o‘tirish marosimida ishtirok etgani va imperator Naruxito hamda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)