• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijon viloyat hokimligi Prezidentga videomurojaat yo‘llagan tadbirkor Yusupov ishi bo‘yicha bayonot berdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda xususiy tadbirkor Shavkat Yusupovning Prezidentga videomurojaati tarqalgani yuzasidan Andijon viloyati hokimligi rasmiy bayonot berdi.

    Bundan avval Bosh prokuratura, Poytaxt IIBB ham ushbu masala yuzasidan izoh bergandi.

    Foto: Videodan kadr

    Foto: Videodan kadr

    Qayd etilishicha, shu yilning avgust—sentabr oylarida Andijon viloyati Oltinko‘l tumanining “Uzun” ko‘cha mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi sobiq “Arg‘umon Oltinko‘l” chorvachilik va fermer xo‘jaligiga tegishli yer va obyektlar auksionda Shavkatbek Yusupov tomonidan sotib olingan. Biroq u mazkur joyda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yib, yangi ish o‘rinlari yaratish o‘rniga bor narsalarni buzilib olib chiqib sotib yuborgan.

    Tadbirkor va mahalla ahli o‘rtasidagi munosabat yaxshi emasligi sababli viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida fermer xo‘jaligida bo‘lib, keng muhokamalar olib borilganligi hamda ko‘tarilgan ushbu masala yuzasidan sud jarayonlari ketayotgani, qonuniy yechim topish kerakligi ma’lum qilingan.

    O‘tgan davr mobaynida bu masala ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli Andijon viloyat hokimligi bu masala ayni vaqtda qanday holatda ekanligini bilish maqsadida Andijon viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari Kamoliddin Yo‘lbarsovga murojaat qilgan. Quyida Kamoliddin Yo‘lbarsov tomonidan keltirilgan javob to‘lig‘icha havola etildi.

    — Yusupovning rahbarligidagi “Yuksak blok invest” MChJ Oltinko‘l tumanida joylashgan ferma bino inshootlarini auksion savdosida 326 million so‘mga sotib olgan. Sotib olingan bino inshootlar fuqaro Yusupovga tilxat asosida topshirilib, auksionga qo‘yilmagan binolar va mol-mulklar va chorva mollari tegishli tartibda olib chiqib ketilishi unga tushuntirilgan.

    Biroq Yusupov auksion savdosiga qo‘yilmagan va g‘oliblik bayonnomasiga kiritilmagan fuqaro Ergashev tomonidan ijara asosida qurilgan hamda foydalanib kelinayotgan qiymati 300 million so‘mlik tayyor holdagi issiqxona binosini buzib ketib, undan chiqqan quvur hamda armatura mahsulotlarini o‘zboshimchalik bilan Namangan shahrida temir savdosi bilan shug‘ullanuvchi fuqaro Turg‘unboyevga 170 million so‘mga sotib yuborgan. Bu bilan Yusupovning harakatida sotib olingan bino va inshootlarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish emas, balki mavjud binolarni buzib ketish va talon- toroj qilish holatlari kuzatilgan.

    Mavzuga doir: Bosh prokuratura 326 mln so‘mga mulk sotib olgan tadbirkorning Prezidentga yo‘llagan videomurojaati yuzasidan bayonot berdi

    Shuningdek, Yusupov o‘ziga tegishli bo‘lmagan bino va inshootlar belgilangan tartibda topshirilmaganligi, unga har xil to‘siqlar va tazyiqlar o‘tkazilayotganligi, qo‘li urib sindirilganligi, Namangan shahridagi xonadoniga o‘t qo‘yilganligi, uning qorovuli Toshboyevni urushganligi, natijada u vafot etganligidagi vajlari bilan ijtimoiy tarmoqlarda asossiz chiqishlar qilib kelmoqda.

    Uning vajlari asossiz va tuhmatdan iborat ekanligi dastlabki tergov davomida to‘liq o‘z tasdig‘ini topdi. Bundan tashqari Yusupovga 2019-yil 9, 12, 16-oktabr kunlari tergov organlariga kelishi to‘g‘risidagi chaqiruv xatlari berilgan bo‘lsa-da, tergov organlariga kelishdan asossiz bosh tortgan. Yusupovni 15-oktabrdagi majburiy keltirish haqidagi qaror bo‘yicha ham tergovga olib kelish imkoni bo‘lmagan, shundan so‘ng Yusupovni qayerda ekanligini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tezkor surushtiruv harakatlari davomida uni Toshkent shahri Mirobod tumanida yurganligi haqida tezkor ma’lumot olinib, 21-oktabr kuni Mirobod tumani ichki ishlar bo‘limiga Yusupovni Andijon viloyat prokuraturasiga majburiy keltirish haqida qaror yuborilgan va qaror ijrosi ta’minlanib, 22-oktabr kuni Andijon viloyat prokuraturasi tergov organiga olib kelingan.

    Joriy yilning 22-oktabr kuni Yusupov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “A” bandi, 168-moddasi 4-qismi “A” bandi, 169-moddasi 2-qismi “A” bandi, 232-moddasi 2-qismi, 233-moddasi 1-qismi, 237-moddasi, 238-moddasi 2-qismi, 139-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi gumonlanish tariqasida ishiga jalb qilinib, Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

    Bundan tashqari “Arg‘umon Oltinko‘l” fermer xo‘jaligi rahbari Hamraqulovga 2019-yil 10-oktabr kuni jinoyat kodeksining 192-moddasi, 11-moddasi 1-qismi, 233-moddasi 1-qismi bilan majburiy ijro byurosi Oltinko‘l tumani bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan Bektemirovga shu kuni jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi “A ” bandi bilan ayb e’lon qilinib, ularga nisbatan garov ehtiyot choralari qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari tamomlanib, sudga yuborish choralari ko‘rilmoqda.

    Mavzuga doir: Tadbirkor Bosh prokuraturaga arz qilish uchun Toshkentga kelganida hibsga olinganini ma’lum qildi. Poytaxt IIBB holatni izohladi

    Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ayblanuvchi Yusupov muqaddam 2014-yil jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudining hukmiga asosan aynan shu kabi, ya’ni musodaradagi mulk va transport vositalarining auksion savdosi bilan bog‘liq sodir etgan jinoyatlari uchun,  Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “A” bandi, 210-moddasi 3-qismi “B” bandi, 189-moddasi 3-qismi, 209-moddasi 2-qismi “A” bandi, 168-moddasi 1-qismi, 227-moddasi 2-qismi “A” bandlari bilan aybli deb topilib, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

    Bundan tashqari, Asaka tumanlararo iqtisodiy sudining 2019-yil 26-sentabrdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra Oltinko‘l tumanidagi ferma bino inshootini Yusupov tomonidan buzib ketilganligi uchun 2019-yil 3-iyunda o‘tkazilgan elektron onlayn auksion savdosi qonunga xilof tarzda o‘kazilgan deb topilib, auksion bayonnomasi haqiqiy emas deb topilgan.

    Hozirda tergov harakatlari yakunlanish arafasida bo‘lib, “Arg‘umon Oltinko‘l” fermer xo‘jaligi rahbari Hamraqulov, majburiy ijro byurosi Oltinko‘l tumani bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan Bektemirov hamda “Yuksak blog invest” MChJ rahbari Yusupovlarni ayblash haqidagi jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan.

    25.10.2019, 15:57   Izoh (0)   43713
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda qasddan odam o‘ldirgan ikki o‘qituvchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    25.10.2019, 15:42

    O‘zXDP parlament saylovlarida g‘olib chiqsa, Ochilboy Ramatovni bosh vazir lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatadi

    25.10.2019, 15:18

    Oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha loyihalar vakolatli banklar orqali kreditlanadigan bo‘ldi

    25.10.2019, 15:13

    O‘zbekistondagi maktablarda darslar o‘quvchilarning madhiya kuylashidan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

    25.10.2019, 14:46

    Internet tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish kompleks dasturi qabul qilindi

    25.10.2019, 14:17

    Bo‘stonliqqa to‘qqiz oyda 3 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

    25.10.2019, 13:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Samolyotda ko‘pchilik foydalansa-da, aslida foydasiz bo‘lgan 5 narsa

    Layfstayl | 19 iyul, 15:40

    Istanbuldan Toshkentga uchayotgan samolyot bortida chaqaloq tug‘ildi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 15:15

    Avstraliya Ukrainaga 49 ta Abrams tanklarini yetkazib berdi

    Dunyo | 19 iyul, 15:05

    Levandovski Polsha terma jamoasiga qaytadi

    Sport | 19 iyul, 15:00

    “Uyda yolg‘iz” filmida ko‘pchilik payqamagan mantiqsiz xatoliklar (foto)

    Kino | 19 iyul, 14:35

    Davlat granti qaysi taʼlim yo‘nalishlariga ko‘p ajratilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 14:03

    Yozgi transfer oynasida eng ko‘p xarajat qilgan klublar: “Chelsi” yetakchi, “Liverpul” va “Real” ham undan qolishmayapti

    Sport | 19 iyul, 13:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.