Namangan viloyati Chust tumanining “G‘ova” qishlog‘ida “Qizil kitob”ga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq o‘ldirildi. Bu haqda ekologiyani himoya qilishga ixtisoslashgan Telegram kanal xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur holat bilan bog‘liq video tarqaldi. Unda bir necha odamlar ayiqni o‘rab olgani aks etgan.
Xabarda aytilishicha, ayiq qishloqqa bostirib kirgach, odamlar uni xonadonga qamab, ovchilarni chaqirgan. Ovchilar esa uni otib o‘ldirgan. Ayiqning og‘irligi 250—300 kilogramm atrofida bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, may oyida Qashqadaryoda bir guruh shaxslar Xalqaro qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni otib o‘ldirgan edi.
Izoh (0)