Termiz shahrida kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun XIV an’anaviy Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro musobaqada 6-oktabr kuni final bahslari bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Daryo”

Umumiy mukofot jamg‘armasi 100 ming AQSh dollari bo‘lgan ushbu musobaqada dunyoning 48 davlatdan 150 nafarga yaqin kurashchilar 10 vazn toifasida (erkaklar oltita vazn, ayollar 4 ta vazn) ishtirok etdi.

Mutlaq vazn bo‘yicha o‘zbekistonlik kurashchi Boltabek Boltayev finalda Muhsin Hisomiddinovni yengdi va 10 ming dollar mukofot bilan taqdirlandi. Finalchi Muhsin Hisomiddinov 5 ming dollar sovringa ega bo‘ldi. Mutlaq vaznda uchinchi o‘rin egalariga 3,5 ming dollardan oldi. To‘rt nafar chorak final ishtirokchisi ham 2 ming dollardan rag‘batlantiruvchi mukofot oldi.

Musobaqaning qolgan barcha vaznlarida g‘olibga 3000 AQSh dollari, ikkinchi o‘rin egasiga 2000 va uchinchi o‘ringa 1000 dollar miqdorida mukofot berildi.

Foto: “Daryo”

Musobaqaning barcha g‘oliblari quyidagilar:

Erkaklar

Boltaboy Boltayev (O‘zbekiston) — mutlaq vazn

Shaxboz Po‘latov (O‘zbekiston) — +100 kg

Shaxobiddin Hamroyev (O‘zbekiston) — 91 kg

Erkin Qozoqov (O‘zbekiston) — 81 kg

Mahamadsharif Najmiddinov (Tojikiston) — 73 kg

Sardorbek Jangeldiyev (O‘zbekiston) — 66 kg

Sanjar Saidqulov (O‘zbekiston) — 55 kg

Ayollar

Rinata Ilmatova (O‘zbekiston) — +78 kg

Vladlena Guseva (Rossiya) — 70 kg

Iroda Mamashayeva (O‘zbekiston) — 57 kg

Lian Yen (Xitoy Taypeyi) — 48 kg

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!