AQShning “saylovlarga aralashuv” ishi doirasida Rossiyaning uchta kompaniyasi va ikki nafar fuqarosiga nisbatan sanksiyalar joriy qilindi. Bu haqda AQSh Moliya vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
AQSh Moliya vazirligining xabariga ko‘ra, sanksiya ostiga tushgan Rossiyaning ikki nafar fuqarosi “Internet tadqiqotlari agentligi”ga bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Yevroittifoq Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalari muddatini 2020-yil 31-yanvarga qadar uzaytirgan edi.
Izoh (0)