Bir haftadan oshiq muddatda Toshkentda 3 nafar o‘smirdan pichoq tortib olindi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
18-sentabr kuni Mirobod tuman IIB xodimlari tomonidan 15 yashar J.Sh darslarga pichoq bilan kelgani aniqlangan. O‘smir buni tanishi, 14 yoshli S.N. qo‘shni maktabdagi sinfdoshlarini “tartibga chaqirib qo‘yish”ni iltimos qilgani bilan izohlagan. J.Sh razborga ketayotganida uni profilaktika inspektori to‘xtatib qolgan.
24-sentabr kuni Chilonzor tuman IIB xodimlari 14 yoshli A.N do‘stlari oldida pakki o‘ynatib turganini payqab qoladi. Undan sovuq qurol olib qo‘yildi.
26-sentabr kuni Uchtepa tuman IIB xodimlari tumandagi maktablardan birining 11-sinf o‘quvchisi yonidan pichoq topib olgan. O‘smir nima maqsadda pichoq ko‘tarib yurganiga arzigulik izoh berolmagan.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish maqsadida materiallar to‘planib, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalarga taqdim etilgan.
Izoh (0)