Daniyaning yirik tijoriy banki — Danske Bank Estoniya bo‘limi rahbari Ayvar Rexe o‘lik holda topildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Mamlakat jamoatchilik teleradiokorporatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rexening jasadi dala hovlisi yaqinida topilgan. Barcha holatlar u joniga qasd qilganini ko‘rsatmoqda.
Rexe 23-sentabr, dushanba kuni noma’lum yo‘nalishda chiqib ketganidan so‘ng bedarak yo‘qolgandi. Shundan so‘ng politsiya uni qidirish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiyani boshlagan.
Danske Bank Estoniya bo‘limi yuzlab milliard yevro miqdoridagi summalarda shubhali operatsiyalarni amalga oshirganlik, jumladan, rossiyalik norezidentlarning pulini yuvishda ayblangan. Bu yuzasidan ochilgan jinoiy ish doirasida 10 nafar xodimi hibsga olingandi. Rexe ularning safida bo‘lmagani aytilmoqda.
Izoh (0)