AQShning Florida shtatidagi maktablardan birida xavfsizlikka mas’ul bo‘lgan zaxiradagi ofitser Dennis Tyorner o‘z lavozimini suiste’mol qilgani sabab ishdan haydaldi. U ikki nafar olti yoshli bolakayni hibsga olgan, deb xabar berdi Tjournal.
Orlando shahri politsiyasi rahbari Orlando Rolonning so‘zlariga ko‘ra Tyorner lavozim yo‘riqnomasiga rioya qilmagan, politsiyachi 12 yoshdan kichik bolalarni hibsga olishi uchun rahbariyat bunga ruxsat berishi lozim.
Tyorner avvaliga sinfdoshiga tupurgan qizchani hibsga olgan. Keyinchalik xuddi shu maktabning o‘zida bir bolakayni ushlagan-u, uzoq vaqt o‘tmay yaqinlari oldiga qo‘yib yuborgan.
Okrug prokurori bolalar so‘roq ostiga olinmasligini bildirdi. Qizchaning tergov ishi voqeaning ertasiga yopilgan. Bolakay ishi esa prokuraturaga hujjatlar yetib kelganidan keyin yopilishi va’da qilinmoqda.
Izoh (0)