Toshkent shahar IIBBdan xabar berishlaricha, 40 yoshli Bahodir X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
41 yoshli Dilafruz T.ning arizasidan ma’lum bo‘lishicha, 2018-yil 30-iyul kuni Bahodir unga Cobalt avtomobilini 12 ming dollarga sotishni va’da qilgan.
U oldindan to‘lov (zakalat) tariqasida Dilafruz T.dan 6 120 dollar olib, avtomobilni rasmiylashtirib bermasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.
Izoh (0)