O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr, juma kuni Afg‘onistonning yangi elchisi Ahmad Holid Elmiy, Hindistonning yangi elchisi Santosh Ja, Buyuk Britaniyaning yangi elchisi Timoti Torlot, Yaponiyaning yangi elchisi Yoshinori Fujiyama va Fransiyaning yangi elchisi Izabel Servoz-Galluchchidan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev elchilarni O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini boshlagani bilan samimiy tabriklab, ularga ushbu sharafli va mas’uliyatli vazifada muvaffaqiyatlar tilagan.
Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida O‘zbekiston ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat, teng huquqlilik va o‘zaro manfaatlarni hisobga qolish tamoyillariga asoslangan faol va konstruktiv tashqi siyosatni yuritayotganini ta’kidlab o‘tgan.
Izoh (0)