Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” loyihasiga start berildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati ‘‘Daryo’’ga xabar berdi.

Foto: Davlat xizmatlari matbuot xizmati

Foto: Davlat xizmatlari matbuot xizmati

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi, Davlat xizmatlari agentligi hamda O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi vakilligi hamkorligida tashkil qilingan. Unga binoan, 5 ta hudud, ya’ni Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarida yuqori standartlar asosida davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

Foto: Davlat xizmatlari matbuot xizmati

Foto: Davlat xizmatlari matbuot xizmati

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi Doimiy vakili Matilda Dimovskaning ta’kidlashicha, davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash har bir hukumat uchun o‘z fuqarolariga yanada samarali xizmat ko‘rsatishni istaydigan muhim element hisoblanadi.

Foto: Davlat xizmatlari matbuot xizmati

Foto: Davlat xizmatlari matbuot xizmati

Davlat xizmatlarining takomillashuvi qishloqdagi aholining zaif qatlamlari hayot sifatini yaxshilash, ularning xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan, deyiladi ma’lumotda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)
Qozog‘iston
Qozog‘istonda odamlar orasida Sibir yarasi aniqlandi
Mahalliy
Toshkentning yana qator hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi