“Sud boshqaruvchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot“ kanali xabar qildi.
Qaror bilan sud boshqaruvchilari, ularni attestatsiyadan o‘tkazish, malaka attestatini berish, attestat olish uchun o‘qitish va malaka oshirish tartiblari belgilandi.
Sud boshqaruvchisi — bankrotlik taomillarini o‘tkazish uchun iqtisodiy sud tomonidan tayinlanadigan shaxs.
Sud boshqaruvchisi quyidagi asosiy malaka talablariga mos kelishi zarur:
- oliy ma’lumotli bo‘lishi;
- kamida ikki yil mehnat stajiga ega bo‘lishi;
- Davlat aktivlarini boshqarish agentligida attestatsiyadan o‘tgan bo‘lishi lozim.
Sud boshqaruvchilarini tayyorlash tizimiga quyidagilar kiradi:
- qisqa muddatli kurslar — 100 va undan ortiq o‘quv soatlari;
- qayta tayyorlash (malaka oshirish) — 30 va undan ortiq o‘quv soatlari;
- sud boshqaruvchilarining o‘quv dasturiga muvofiq stajirovkalarini o‘tkazish.
Izoh (0)