Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-sentabrdagi qaroriga asosan Sherzod Botirov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot“ kanali xabar berdi.
Sherzod Botirov Milliy xavfsizlik xizmati (hozirgi Davlat xavfsizlik xizmati) xodimi 2011-yilda Islom Karimov tomonidan “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.
Avvalroq DXX tizimida ishlagan Abdug‘ofur Ahmedov Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi, Dilshod Eshnayev esa uning o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Izoh (0)