Namangan shahrining “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 36 yoshli D.J. 4-sentabr kuni qo‘shnisi — R.T. ismli ayol bilan janjallashgan.
IIVdan xabar berishlaricha, janjal davomida erkak 57 yoshli ayolga pichoq bilan jarohat yetkazgan. R.T. olgan tan jarohatlari oqibatida kasalxonaga yotqizilgan.
“Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, D.J. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi axborotida.
Izoh (0)