• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Kutilmagan peshqadam, “Bavariya”dan gollar yomg‘iri va “Borussiya D”ning qoqilishi. Bundesligada tur tafsilotlari

    30-avgustdan 1-sentabrga qadar futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 3-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. “Daryo” odatdagidek turning muhim voqealari bilan o‘rtoqlashadi.

    “Borussiya M” — “Leypsig”

    Foto: Twitter/@RBLeipzig_EN

    Foto: Twitter/@RBLeipzig_EN

    Turning markaziy o‘yini Myunxenladbax shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda “Borussiya” klubi “Leypsig” bilan bahs olib bordi. O‘yin teng kurashlar ostida o‘tgan bo‘lsada, “buqalar” vaziyatlardan foydalanishda yaxshiroq harakat qildi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida va ikkinchi bo‘lim debyutida Timo Verner mezbonlar darvozasini ikki bor o‘qqa tutdi.

    Uchrashuvning so‘nggi daqiqalari ham qiziqarli o‘tdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning ilk daqiqasida Bril Embolo hisobni qisqartirib maydon egalari uchun umid uchqunlarini yoqdi. Biroq oradan uch daqiqa o‘tib Verner uchinchi golini urgan holda yakuniy hisobni o‘rnatdi.

    Shu tariqa, Yulian Nagelsman shogirdlari 9 ochko bilan yakka peshqadamga aylandi.

    “Bavariya” — “Mayns”

    Foto: Twitter/@FCBayern

    Foto: Twitter/@FCBayern

    Amaldagi chempion o‘z maydonida “Mayns” bilan o‘ynadi. Avvaliga o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan myunxenliklar yakunda yirik hisobdagi g‘alabani tantana qildi. Jan-Pol Butyusning goliga “Bavariya” Benjamen Pavar, David Alaba, Ivan Perishich, Kingsli Koman, Robert Levandovski va Alfonso Devislarning kiritgan to‘plari bilan javob qaytardi.

    Ilk turda durang o‘ynab qo‘ygan Niko Kovach shogirdlari ketma-ket ikki o‘yinni yirik hisobdagi g‘alaba bilan yakunladi va musobaqa jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Mayns” esa birorta ham ochko to‘play olmagan holda so‘nggi pog‘onada bormoqda.

    “Union” — “Borussiya D”

    Foto: Twitter/@BVB

    Foto: Twitter/@BVB

    Tur sensatsiyasi Berlinda ro‘y berdi. Unda “Union” Dortmundning “Borussiya”sini dog‘da qoldirdi. Birinchi bo‘lim qoq yarmiga yetganida Marius Byulter poytaxt vakilini oldinga olib chiqdi. Oradan uch daqiqa o‘tar-o‘tmas Pako Alkaser muvozanatni tiklashga erishdi.

    Ikkinchi bo‘lim boshida yana o‘sha Byulter mezbonlarning ikkinchi golini urgan bo‘lsa, 75-daqiqada Sebastiyan Andersson o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

    Shu tariqa, mavsumni ko‘tarinki ruhda boshlagan “Borussiya” Bundesliga debyutantiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. “Union” esa dastlabki uch ochkoga ega chiqdi.

    Tur raqamlari

    Mazkur turda darvozalar jami 31-marta ishg‘ol qilingan bo‘lsa, gollarning 20 tasi mezbonlar tomonidan urildi.

    Hozircha to‘rtta jamoa mag‘lubiyatga uchramadi (“Leypsig”, “Bavariya”, “Volfsburg”, “Bayer”), yana to‘rtta klub (“Mayns”, “Herta”, “Augsburg”, “Paderborn”) g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda.

    Bundesliga

    3-tur bahslari

    30-avgust, juma

    “Borussiya M” — “Leypsig” 1:3

    Gollar: 0:1 — 38 Verner, 0:2 — 48 Verner, 1:2 — 90 Embolo, 1:3 — 90 Verner

    31-avgust, shanba

    “Bavariya” — “Mayns” 6:1

    Gollar: 0:1 — 6 Boetiyus, 1:1 — 36 Pavar, 2:1 — 45 Alaba, 3:1 — 54 Perishich, 4:1 — 64 Koman, 5:1 — 78 Levandovski, 6:1 — 80 Devis

    “Bayer” — “Hoffenhaym” 0:0

    “Volfsburg” — “Paderborn” 1:1

    Gollar: 0:1 — 12 Kauli, 1:1 — 56 Brekalo

    “Frayburg” — “Kyoln” 1:2

    Gollar: 1:0 — 40, avtogol Chixos, 1:1 — 52 Modest, 1:2 — 90 Sxiri

    “Shalke-04” — “Herta” 3:0

    Gollar: 1:0 — 38, avtogol Shtark, 2:0 — 48, avtogol Rekik, 3:0 — 85 Kenni

    “Union Berlin” — “Borussiya D” 3:1

    Gollar: 1:0 — 22 Byulter, 1:1 — 25 Pako Alkaser, 2:1 — 50 Byulter, 3:1 — 75 Andersson

    1-sentabr, yakshanba

    “Verder” — “Augsburg” 3:2

    Gollar: 1:0 — 6 Osako, 1:1 — 12 Vargas, 2:1 — 21 Sardjent, 2:2 — 46 Vargas, 3:2 — 67 Osako

    Ayntraxt F” — “Fortuna” 2:1

    Gollar: 0:1 — 36 Xennings, 1:1 — 57 Dost, 2:1 — 86 Pasiyensiya

    Turnir jadvali

    Foto: Twitter/@Bundesliga_EN

    Foto: Twitter/@Bundesliga_EN

    To‘purarlar ro‘yxati

    Foto: Twitter/@Bundesliga_EN

    Foto: Twitter/@Bundesliga_EN

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    03.09.2019, 00:08   Izoh (0)   33951
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Barselona” 8-o‘rinda, “Real” yana ochko yo‘qotdi va “Atletiko”ning kambeki. La Ligada tur tafsilotlari

    02.09.2019, 18:21

    FIFA The Best sovriniga da’vogarlarning yakuniy ro‘yxatini e’lon qildi

    02.09.2019, 16:33

    O‘zbekiston Kubogi va Liga Kubogi yarim finaliga qur’a tashlandi

    02.09.2019, 16:23

    “Napoli” navbatdagi transferini e’lon qildi

    02.09.2019, 15:06

    Eldor Shomurodov RPLning avgust oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlik qilmoqda

    02.09.2019, 14:45

    Beyl “Real”ning legioner to‘purarlari ro‘yxatida Ronaldoga yetib oldi

    02.09.2019, 13:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Belgiya hududi orqali Isroilga harbiy yuk tashishni taqiqladi

    Dunyo | 8 avgust, 12:15

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Ishtahani kamaytirib, ozishga yordam beradigan 7 ta foydali mahsulot

    Salomatlik | 8 avgust, 12:05

    AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduro boshi uchun 50 mln dollar mukofot puli e’lon qildi

    Dunyo | 8 avgust, 11:52

    Janglar tufayli 22 mingdan ortiq somalilik o‘z uyini tark etgan — BMT

    Dunyo | 8 avgust, 11:40

    Instagram: Toshkentda konsert bergan Jey Lo, farzandini uyga olib chiqqan Afruza, Madina Tojiboyevaning to‘yidan reportaj

    Layfstayl | 8 avgust, 11:36

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:52

    Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:36
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.