Orenburg viloyatining fuqarosi marhumning shaxsini tekshirish uchun uning qabrini qazib ochdi, bu haqda Boshqirdiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma’lumotiga tayanib “RIA Novosti” xabar berdi.
Hodisa 23-avgust kuni Boshqirdistonning Meleuz shahridagi qabristonda yuz berdi. 2017-yilda Orenburgning Orsk shahrida avtohalokatda vafot etgan qizning onasi politsiyaga murojaat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kimdir qizining qabrini ochgan. Jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxs huquq-tartibot idoralari tomonidan Orenburg viloyatida hibsga olingan.
Nashrda ta’kidlanishicha, 32 yoshli orenburglik erkak ilgari qabrga ko‘milgan ayol bilan tanish bo‘lgan. Ayol 2017-yilda Orsk shahrida baxtsiz hodisa natijasida vafot etgan. Erkak uning bu yerga ko‘milganiga ishonmagan va buni shaxsan tekshirish uchun qabrni ochishga qaror qilgan”, — deydi Boshqirdiston politsiyasi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari marhumlarning jasadlari va ularning dafn etilgan joylarini tahqirlash moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi.
Izoh (0)