Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yangi o‘quv yili boshlanishiga oz muddat qolgani sababli ota-onalar farzandiga maktab formasi, o‘quv qurollari xarid qilmoqda. Ularga qulaylik yaratish maqsadida har yili avgust oyida maktab bozorlari tashkil etiladi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Ma’lumotga ko‘ra, maktab bozorlarining 931 tasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, 293 tasi aholi gavjum bozorlar hududi va atroflarida, 528 tasi yirik savdo kompleksi va do‘konlarda tashkil etilgan. Maktab bozorlarida 26 turdagi o‘quv qurollari va jihozlari taqdim etilayotgani aytilmoqda.

Quyida Toshkent shahrining eng gavjum bozorlaridagi O‘zA tomonidan keltirilgan narxlar e’lon qilindi.

“Chilonzor buyum bozori”

Bu yerda ruchka 500 so‘mdan 4000 so‘mgacha, qora qalam 1000 so‘mdan 2000 so‘mgacha, umumiy daftar 1300 (36 varoq), 1800 (48 varoq), 12 varaqli daftar 400 so‘m, rangli qalam to‘plami 5000 ming so‘mdan 35 ming so‘mgacha, o‘chirg‘ich 500 so‘mdan 4000 so‘mgacha, flomaster to‘plami 6000 ming so‘mdan 30 000 so‘mgacha, rasm albomi 4000 ming so‘mdan 18 ming so‘mgacha, qalamdon (penal) 3000 so‘mdan 38 ming so‘mgacha, kundalik 3000 so‘mdan 30 ming so‘mgacha, kitob muqovasi 4000 so‘m (1-5-sinflar uchun), 6000 so‘m (6-11-sinflar uchun), daftar muqovasi 4000 so‘m.

“Quyoshli” bozori

O‘quv anjomlari ulgurji narxda sotiladi. Bu yerdagi ba’zi mahsulotlarning narxlari quyidagicha:

Ruchka 800 so‘mdan 1200 so‘mgacha, qora qalam 850 so‘mdan 1000 so‘mgacha, umumiy daftar 1150 so‘mdan 2700 so‘mgacha (varoqlari soniga qarab), 12 varaqli daftar mahalliy ishlab chiqaruvchilarniki 385 so‘m, chet el mahsuloti 410 so‘m, rangli qalam to‘plami 12 ming so‘mdan boshlanadi, qalamtarosh 2500 so‘mdan boshlanadi (sifati va shakliga qarab o‘sib boradi), flomaster to‘plami 11 ming so‘mdan boshlanadi, rasm albomi 4000 so‘mdan boshlanadi, qalamdon (penal) turiga qarab puli belgilanadi, chidamliroq deb hisoblangani 20 ming so‘mdan yuqori, kundalik 2000 so‘m va 9000 so‘m (qattiq va yumshoq muqovasiga qarab), rangli bo‘yoqlar 9500 so‘mdan boshlanadi, kitob muqovasi 2000 so‘m (1-6-sinflar uchun), 3000 so‘m (7-11-sinflar uchun), daftar muqovasi (20-24 ta) 2500-4000 so‘m.

“Chorsu“ bozori

Savdogarlarning aytishicha, ruchkalar 500 so‘mdan 1000 so‘mgacha, 12 varoqli daftarlar 300-500 so‘mgacha, umumiy daftar varoq soniga qarab 1200 so‘mdan boshlanadi.

Qaysi bozorga borsangiz, mahsulotlar narxida tafovutni ko‘rasiz. Nega?

Sotuvchilarning fikricha, bitta mahsulotni 50 so‘m arzon qilish evaziga boshqa mahsulot ustiga o‘sha narx qo‘yiladi. Buni qarangki, xaridorlar bilmaydigan, e’tibor qilmaydigan jihatlar ham bor. Xaridorni jalb qilish uchun o‘quv qurollarining narxi har kimda har xil, deb hisoblaymiz va ikkilanamiz. Aslini olganda xarid qilayotganda qaysi joy va sotuvchidan olishingizdan qat’iy nazar oxirgi hisoblangan miqdor deyarli bir xil bo‘ladi (ko‘p hollarda).

Bozorlarda doimiy ishlovchi, alohida kitob-daftar sotish bilan shug‘ullanadigan do‘konlarda esa narxlar ulgurji bozorga qaraganda 200 so‘mdan 1000 so‘mgacha qimmatroq.

Shuningdek, shahar bo‘ylab ko‘plab filiallariga ega bo‘lgan “Korzinka.uz” va “Makro” yirik savdo majmualarida ham maktab bozorlari tashkil etilgan.

“Korzinka.uz” do‘konlar tarmog‘idagi maktab bozorlarida 36 varoqli umumiy daftar 1290 so‘m bo‘lsa, 48 varoqlisi 1490 so‘m, 96 varoqli daftar esa 2990 so‘m turibdi. Rangli qalam to‘plamini 11 990 so‘m, rasm albomini 4990 so‘m, kundalikning eng arzonini 1990 so‘mdan boshlab topish mumkin.

“Makro” do‘konlarida umumiy daftar 1890 so‘m (36 varaqli), 2290 so‘m (48 varaqli), 4290 so‘m (96 varaqli), ruchka 990 so‘mdan boshlanadi. Rasm albomi 4090 so‘m etib belgilangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Hududgazta’minot” aholini gazdan oqilona foydalanishga chaqirdi
Mahalliy
“Kimdir javob berishi, kimdir qusishi kerak” — faollar gaz va elektr muammosi sababchilariga jazo so‘ramoqda
Mahalliy
Toshkent viloyatida er-xotin va ularning uch oylik chaqalog‘i is gazidan vafot etdi