Pokistonda bir martalik paketlar taqiqlandi, deb xabar bermoqda National Geographic.
Mamlakatda har yili kamida 55 milliardta bir martalik paket ishlatiladi. Ularning ko‘pchiligi foydalanib bo‘linganidan keyin axlattepalarga tashlanadi, shuningdek, plyajlarda, ko‘chalarda va o‘rmonda qoladi.
“Polietilen paketlar endi taqiqlandi. Ulardan kasalxona ehtiyojlari uchun foydalanilishi mumkin, buning uchun ular vazirlikka utilizatsiya rejasini taqdim etishi kerak”, — dedi Iqlim o‘zgarishi masalasi bo‘yicha vazirlik mansabdori Hammad Shamimiy.
Plastik paketlardan foydalanganlik uchun Pokiston fuqarolariga 70 dollar miqdoridagi jarimaga solinishi mumkin.
Izoh (0)