• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Aguero Keynga, Gvardiola esa yana Pochettinoga qarshi. Barchasi “Manchester Siti”—“Tottenhem” to‘qnashuvi haqida

    Muxlislar intiqib kutgan Angliya Premyer ligasi ham boshlandi. 2019/20-yilgi mavsumning ilk turida futbol muxlislarini “Manchester Yunayted”—“Chelsi” to‘qnashuvi qanchalik xushnud qilgan bo‘lsa, 2-turda undan kam bo‘lmagan uchrashuv ularni kutib turibdi. 17-avgust, shanba oqshomidan o‘rin olgan turning markaziy o‘yinida Xosep Gvardiola boshchilgidagi musobaqaning amaldagi chempioni “Manchester Siti” o‘tgan yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi finalchisi Maurisio Pochettino qo‘l ostidagi “Tottenhem”ni o‘z maydonida mehmon qiladi. Biz esa uchrashuvga oid ma’lumotlar va qiziqarli faktlarni taqdim etishni niyat qildik.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    “Manchester Siti”

    Premyer liganing amaldagi chempioni yangi mavsumni ham ko‘tarinki kayfiyatda boshladi. Angliya Superkubogida “Liverpul”ni mag‘lub etgan Pep Gvardiola shogirdlari mavsumni sovrin bilan boshlab oldi. Premyer liganing ilk turida esa bir vaqtlar “Manchester Siti”ga ustozlik qilgan chililik Manuel Pellegrini qo‘l ostidagi Londonning “Vest Hem” klubi 5:0 hisobida tor-mor etild. Jamoa o‘yini o‘sha-o‘sha — tajovuzkor. Rahim Sterling va Serxio Aguero hamon gol urishdan to‘xtagani yo‘q. Kevin de Bryuyne ham jarohatdan tiklanib oldi. Kamiga “yangi Buskets” deb ta’riflanayotgan Rodri Ernandes ham markaziy yarim himoyani mustahkamlash harakatida. Faqatgina bitta muammo — Leroy Sane “Liverpul”ga qarshi o‘yinda jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqdi. Ammo uning o‘rnini Bernardu Silva hamda Riyad Mahrezlar bilintirmasligi katta ehtimol. Pepning himoya chizig‘idan ko‘ngli to‘q. Lyaport safga qaytdi. Jon Stounz va Kayl Uoker ajoyib formada. Ukrainalik Oleksandr Zinchenko ham yomon ko‘rinmayapti. Kamiga “Yuventus”dan Joau Kanselu olib kelindi. Gvardiola hozircha katta mablag‘lar evaziga olib kelingan, ammo jaroahtlardan boshi chiqmayotgan Benjamen Mendining xizmatlaridan foydalana olmayapti, xolos. Umuman olganda, “Manchester Siti”ga London klubiga qarshi o‘yinning favoriti sifatida qaralmoqda.

    “Tottenhem”

    Yevropa Chempionlar Ligasi finalchisi “Tottenhem” ham Premyer ligani g‘alaba bilan boshladi. Mavsum boshlanishidan oldin “Tottenhem” bu yil kuchli to‘rtlikka kirish uchun emas, balki chempionlik uchun kurashishini ta’kidlagan Maurisio Pochchetino jamoasi “Aston Villa”ni mag‘lub etishda qiynalgani rost. Ammo jamoa Kristian Eriksendek yetakchisini tarkibda saqlab qolib, niyati jiddiy ekanligini ko‘rsatdi. “Shporlar” mavsum avvalida Tanguy Ndombele, Jovani Lo Chelso, Rayan Sessenyon kabi o‘yinchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi. “Lion”dan xarid qilingan Ndombele hatto o‘zining debyut o‘yinida gol urishning ham uddasidan chiqdi. O‘tgan yilgi asosiy tarkib o‘yinchilaridan faqatgina Kiran Trippyer Madridning “Atletiko”siga sotib yuborildi. Pochettinoning ham hozircha tarkibdan ko‘ngli to‘q desa bo‘ladi. Bugungi o‘yinni diskvalifikatsiya sabab Son Hyon Min o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, Dele Alli, Foyt hamda Rayan Sessenyonlar jarohat sabab maydonga tusha olmaydi. O‘tgan o‘yinda dublga erishgan Harri Keyn esa bugungi o‘yinga 100 foiz tayyor. “Tottenhem” safarda o‘ynashiga qaramay “Manchester Siti”ga jiddiy qarshilik ko‘rsatishini bemalol kutsa bo‘ladigan holat deya baholash mumkin. Har holda bunga ularning ishtiyoqi ham kuchi ham yetarli, nazarimizda.

    Qiziqarli faktlar

    1. “Manchester Siti” APL doirasida so‘nggi 15 ta o‘yinda g‘alaba qozondi.
    2. “Shaharliklar” o‘z maydonida “Tottenhem”ga qarshi o‘tgan so‘nggi 11 ta o‘yinning 9 tasida g‘alaba qozongan.
    3. “Manchester Siti” APL doirasida so‘nggi 6 ta o‘yindan 5 tasida gol o‘tkazmadi.
    4. “Shporlar” APLning 2019/20-yilgi mavsumi ilk turidan barcha jamoadan ko‘proq darvoza tomon zarba berdi — 31 ta. Shulardan 18 tasida Kristian Eriksen maydonda bo‘lgan 26 daqiqaga to‘g‘ri keldi.
    5. “Tottenhem” mehmonda o‘tgan so‘nggi 4 ta o‘yinda 1 ta gol farqi bilan mag‘lub bo‘lmoqda.
    6. “Manchester Siti” APL doirasida “Tottenhem”ga qarshi o‘tgan so‘nggi 4 ta o‘yinda g‘alaba qozondi. Ammo “Siti” shu kunga qadar “shporlar” ustidan ketma-ket 5 ta o‘yinda g‘alaba qozona olmagan.
    7. Rahim Sterling London klubiga qarshi so‘nggi 6 ta o‘yinda 5 ta gol urib, 1 ta golga assistentlik qilgan.

    Murabbiylar nima deydi?

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    “Angliyaga kelgan vaqtimdan beri “shporlar” doimo chempionlik uchun kurashib keladi. O‘shanda ular musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunlagan edi. Ular har doim yuqori o‘rinlar uchun kurashgan. Ular ayni damda Yevropaning eng kuchli ikkinchi raqamli jamoasi”,— deydi “Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiola.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    “Gvardiola jamoasiga qarshi omadli o‘yinlar seriyasi? Bu men uchun Gvardiola bilan kim o‘zarga o‘ynash musobaqasi emas. Balki, bu shunchaki tasodifdir. Men o‘zim qarshi o‘ynaydigan jamoa murabbiylarini mag‘lub etishni xush ko‘raman, xolos. Kaminaga raqobatbardosh bo‘lish yoqadi”,— deydi “Tottenhem” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino.

    Taxminiy tarkiblar

    “Manchester Siti”: Ederson — Kayl Uoker, Jon Stounz, Aymerik Lyaport, Oleksandr Zinchenko — Rodri, Kevin de Bryuyne, David Silva — Rahim Sterling, Serxio Aguero, Riyad Mahrez

    “Tottenhem”: Ugo Lyoris — Denni Rouz, Davinson Sanches, Tobi Alderveyreld, Uoker-Piters — Tanguy Ndombele, Harri Uinks, Mussa Sissoko, Lukas Moura — Harri Keyn

    Angliya Premyer ligasi

    2-tur bahslari

    “Manchester Siti”—“Tottenhem” 21:30

    Bosh hakam: Mayk Oliver

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    17.08.2019, 16:58   Izoh (0)   23666
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    OKMK futzal bo‘yicha Osiyo chempionatini 4-o‘rinda yakunladi

    17.08.2019, 16:24

    Boks. O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibi ma’lum bo‘ldi

    17.08.2019, 12:25

    38 yoshli Aduris Lionel Messining rekordini takrorladi

    17.08.2019, 12:09

    Robert Levandovski Bundesligada navbatdagi rekordini o‘rnatdi

    17.08.2019, 11:44

    Filippe Koutinyo “Bavariya”ga o‘tadigan bo‘ldi

    17.08.2019, 10:31

     “Bavariya” yoki “Borussiya Dortmund”? Bundesliganing yangi mavsumi haqida

    16.08.2019, 20:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.