Amerikaning Filadelfiya shahri shimolida otishma sodir bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Ta’kidlanishicha, otishmada bevosita ishtirok etgan olti nafar politsiyachi jarohat olgan. Shuningdek, yo‘ldan o‘tib ketayotgan ikki kishi yo‘l-transport hodisasiga uchragan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, otishma politsiya giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni qo‘lga olish operatsiyasini o‘tkazayotgan vaqtda yuzaga kelgan. Politsiyaning ta’kidlashicha, jarohat olganlarning hayotiga hech nima xavf tug‘dirmayapti.
https://twitter.com/BobBrooks6abc/status/1161742535993282568
Otishma hali ham davom etmoqda. ABC telekanalining ma’lum qilishicha, gumonlanuvchi vaqti-vaqti bilan to‘rttadan oltitagacha o‘q uzmoqda.
Izoh (0)