12-avgust, dushanba kuni futbol bo‘yicha Rossiya Premyer ligasining 5-turi doirasida “Rostov” o‘z maydonida Samaraning “Krilya Sovetov” klubini qabul qildi.
Uchrashuvdagi yagona gol 33-daqiqada kiritildi. Unga mezbonlarning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov mualliflik qildi.
Shu tariqa “Rostov” “Krilya Sovetov”ni mag‘lub etib, musobaqa jadvalida ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi. Jamoa hisobida 5-tur bahslari yakuniga ko‘ra 11 ochko mavjud.
Qayd etish joiz, Shomurodov Premyer ligada ketma-ket 3 ta o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga 24 yoshli hujumchi gollari sonini 4 taga yetkazib oldi. Eldor musobaqa to‘purarlari ro‘yxatida Artyom Dzyuba (“Zenit”) hamda Aleksandr Sobolev (“Krilya Sovetov”) bilan birgalikda birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.
5-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
RPL
5-tur bahsi
12-avgust, dushanba
“Rostov”—“Krilya Sovetov” 1:0
Gol: 1:0 — 33 Eldor Shomurodov“Rostov”: Pesyakov, Kozlov, Chistyakov, Sigurdsson, Chernov (Logashov, 90), Yeremenko, Ionov (Glebov, 73), Bayramyan (Zuyev, 55), Popov, Normann, Shomurodov
“Krilya Sovetov”: Rijikov, Karpov, Chernov, Anyukov (Zinkovskiy, 70), Kombarov, Gaskan, Timofeyev, Kabutov, Ginsar (Radonyich, 73), Kanunnikov, Sobolev (Golenkov, 87)
Ogohlantirishlar: Chistyakov (63), Kozlov (64), Pesyakov (88)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)